8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 12-mavzu Fayllar va kataloglar Disk sektor va yo'llardan iborat bo'lib, har bir sektor va yo'l adres yoki ma'lumotlar maydonidan iborat bo'ladi. Adres maydoniga disk, yo'l, sektor tartiblari va nazorat yig'indisi deb ataluvchi kod yoziladi. Bu ma'lumotlar diskdan kerakli axborot topishni ta'minlaydi. Ma'lumotlar maydoniga esa foydalanuvchining axboroti, amaliy dastur qismi, matnli axborot yoki boshqa biror ma'lumot yoziladi va diskda alohida baytlar to'plamlari shaklida saqlanadi. Fayl - biror nomga ega bo'lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan baytlar majmuidir. Fayl sistemasi esa biror axborot saqlovchi vositada ma'lumotlarni joylashtirishni tashkil etish vositasidir. Fayldagi ma'lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo'lishi mumkin. Masalan, diskka yozilgan biror o'yin dasturi yoki matn muharririda yozilgan biror matn alohida faylga misol bo'la oladi. Diskda axborotni saqlashning boshqa usuli yo'q. Fayl nomi kengaytmasi yozilishi majburiy emas. Lekin kengaytma faylda saqlanayotgan ma'lumot turini bildirgani uchun undan foydalanish qulaydir. Diskka birgina «A» harfini yozish uchun ham unga nom berish va rasmiylashtirish shart. Faylning xususiy nomida lotin va kirill alifbosining yuqori yoki quyi registrdagi harflari, raqamlar, shuningdek, - (defis), (tagchiziq belgisi), $ (pul birligi belgisi), # (panjara), (ampersend belgisi), @ (tijoratcha EÒ), ! (undov belgisi), % (foiz belgisi), ~ (tilda), ^ (karat belgisi) va () (qavslar) qo'llanilishi mumkin. Operatsion sistema ba'zi tashqi qurilmalarni ham fayl sifatida qarashi mumkin. Fayl tushunchasini bunday umumlashtirish qator hollarda kiritish-chiqarish amallarini soddalashtirishi mumkin. Fayllarda kompyuter qayta ishlashi mumkin bo'lgan har xil turdagi: matnli hujjatlar, dasturlarning birlamchi kodi matnlari, web-sahifaning HTML-kodlari va boshqa axborotlar saqlanishi mumkin. Faylning hajmi bir baytdan o'nlab megabaytgacha (tashqi xotiraning sig'imi doirasida) bo'lishi mumkin. Nol hajmli fayllar ham bo'lishi mumkin (ularda faqat nom bo'ladi, xolos). Fayllarni boshqa xususiyatlari bilan ham sinflashtirish mumkin: fayl-dasturlar va fayl-ma'lumotlar (ya'ni dasturlar qayta ishlashi mo'ljallangan obyektlar). Kompyuterning vinchesterida minglab va hatto o'n minglab fayllar joylashgan bo'lishi mumkin. Agar fayllar mavzuli guruhlarga ajratilmasa, u holda amalda kerakli fayllarni izlab topish va ulardan foydalanish juda qiyin hamda ko'p vaqt talab etishi mumkin. Kompyuterning vinchesteri Kataloglar direktoriyalar (inglizchadan: ma'lumotnoma, manzilli kitob) deb ham yuritiladi. Katalog - bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), so'nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan diskdagi maxsus joy. Katalog nomlarini qulay tanlash ham kompyuterda bajariladigan ishlarni yengillashtiradi. Masalan, MS Word dasturida tayyorlangan hujjatlarni joylashtirish uchun Hujjat, o'yin dasturlarini joylashtiradigan katalogni O'yinlar deb nomlash o'rinlidir. Savol va topshiriqlar 1. Fayl deganda nimani tushunasiz? 2. Faylning nomi haqida to'liq ma'lumot bering. 3. Fayl kengaytmasining qanday turlarini bilasiz? 4. Fayl sistemasi haqida gapirib bering. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.38 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.38 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:34 ]
Arxiv ichida: pptx