Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan himoyalanish Arxiv tushunchasi Kompyuter xotirasidagi ma'lumotlarning ko'payib ketishi turli muammolarga olib keladi. Ma'lumki, kompyuterlarda o'zaro ma'lumotlar almashinuvini qulaylashtirish maqsadida turli xil hajmdagi disketalardan foydalaniladi. Lekin, ba'zan shu disketlar ham kattaroq hajmdagi ma'lumotlarni o'zida sig'dirolmay, ma'lumot almashinuvi jarayoniga etarli muammolar tug'dirishga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, kompyuterni ishlatish jarayonida magnit diskka ko'p marta murojaat bo'lishi natijasida diskdagi axborotlar ishdan chiqishi mumkin. Shular va shu kabi boshqa muammolarni bartaraf qilish maqsadida kompyuter texnologiyasiga a r x i v l a s h degan yangi usul kiritildi. Fayllarni arxivlash - fayllarni ma'lum qoida asosida zichlangan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam ishlatiladigan, eski hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo'llaniladi. Arxiv tushunchasi Arxivlash dasturlari turlicha ko'rinishda bo'lib, ishlash tamoyillari bir xil. Fayllarda aynan takrorlanadigan o'rinlar mavjud bo'lib, ularni diskda to'liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo'laklarni topib, ularning o'rniga boshqa biror ma'lumotni yozish, hamda ularning ketme - ketligini aniq ko'rsatishdan iboratdir. Masalan, matn yozilgan fayllar 4 martagacha kamaysa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar 2 marta-gacha kamayadi. Ba'zi holarda arxivlash natijasida boshlang'ich fayl 10 - 20 barovar hajmi kamayishi ham mumkin. Masalan, dastur fayllariga qaraganda matn va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi. Hozirgi kunda ko'plab arxivlash dasturlari yaratilgan. Ular bir - biridan hajmini kichraytirish darajasi, tezligi, foydalanishga qulayligi, imkoniyat darajasi jihatidan farq qiladi. Arxivator dasturlari Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Zichlangan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to'liq fayllar strukturasi bo'yicha yoki papkalar bo'yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko'p bo'lsa, ularni oldin bitta papkaga yig'ib olish ishni osonlashtiradi. Arxivlangan fayllarni dastlabki shaklga qaytarish uchun mo'ljallangan dasturlar majmuiga arxivator dasturlari deyiladi. Arxivator dasturlar - bu kompyutеrdagi ma'lumotlar hajmini o'zgartirib maxsus fayllarga ularni joylashtiradigan dasturlar. Fayllarni bir necha xil usul bilan zichlash mumkin. Boblarga bo'lib arxivlash, qism jildlar bilan birgalikda arxivlash, yuqori zichlikda arxivlash, o'zi ochiladigan qilib arxivlash, parol qo'yib arxivlash va hokazolar shular jumlasidandir. Arxivator dasturlari Eng taniqli arxivator dasturlar bu - RAR va ZIP. Arxiv faylning nomi asosan 8 harfdan iborat bo'ladi. Uning kengaytmasi esa asosan 3 harfdan iborat bo'lib, u qaysi dasturda yaratilganligini ko'rsadi. Masalan: kitob.zip yoki dastur.rar Windows uchun yaratilgan arxivator dasturlardan biri bu -WINRAR bo'lib, dastur yordamida RAR hamda ZIP formatli arxivlarni yarata olamiz. WINRAR-dasturini ishga tushirish tartibi. 1) dasturni kompyuterga o'rnatamiz. 2) Пуск Программы WINRAR WINRAR.exe Qaysi biri eng yaxshi WinRAR yoki ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
904.58 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:35
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
904.58 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:35 ]
Arxiv ichida: ppt