Fayllarni arxivlash

Fayllarni arxivlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Fayllarni arxivlash - rasmi

Material tavsifi

Fayllarni arxivlash Reja: 1. Arxivlash (arxivator) dasturlari 2. Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarni ochish 3. Arxiv fayllarni tekshirish Operatsion sistema asosiy dasturiy ta'minot bo'lib, uning asosida ko'plab amaliy dasturlar faol bo'lishi mumkin. Bunday dasturlarga arxivatorlar (misol uchun Winzip) va antiviruslar (misol uchun Norton) kiradi. Ma'lumki, kompyuterlarda o'zaro ma'lumotlar almashinuvini osonlashtirish maqsadida turli xil hajmdagi disketlardan foydalaniladi. Lekin ba'zan shu disketlar ham kattaroq hajmdagi ma'lumotlarni o'ziga sig'dirolmay, ma'lumot almashuvi jarayoniga etarli muammolar tug'dirishga sabab bo'ladi, Bundan tashqari, kompyuterni ishlatish jarayonida magnit diskga ko'p bor murojaat etishi natijasida diskdagi axborotlar ishdan chiqishi mumkin. Shular va shu kabi boshqa muammolarni bartaraf qilish maqsadida kompyuter texnologiyasiga «Arxivlash» degan yangi usul kiritildi. Arxivlash - ko'rsatilgan fayllarni siqib, umumiy bitta nom bilan saqlash. Shundan so'ng turli xil sabablarga ko'ra magnit diskdagi axborotlarning ishdan chiqishi va yo'qolib ketishi unchalik xavf tug'dirmay qoldi va eng asosiysi kompyuter texnikasi uchun muhimligi jihatidan birinchi o'rinda turadigan «xotiradan joy egallash» masalasiga bir-muncha erkinlik berildi. Arxivlash (arxivator) dasturlari - diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar. Ular turlicha ko'rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllarda aynan takrorlanadigan o'rinlar mavjud bo'lib, ularni diskda to'liq saqlash mazmunsizdir.Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo'laklarni topib, ularning o'rniga boshqa biror ma'lumotni yozish hamda ularning ketma-ketligini aniq ko'rsatishdan iboratdir. Bundan ko'rinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo'ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar to'rt, hatto besh martagacha siqiladi. Dasturlar ifodalangan fayllar esa juda kam-1% ga yaqin siqiladLpafiba-qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi. Arxivlash dasturlari qo'llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi siqish samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR dasturlaridir. WIN RAR, PKZIP, ARJ Arxiv fayl yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylninj siqilgan holdagi ko'rinishi bo'lib, undan kerakli hollarda fayllarni dastlabk ko'rinishda chiqarib olish mumkin. Arxiv fayli undagi fayllar nomlarin ko'rsatuvchi mundarijaga ega bo'ladi. PKZIP PKUNZIP va ARJ dasturlari arxiv fayllarining nomlari odatda quyidagi kengaytmalarga ega bo'ladi: ZIP - PKZIP PKUNZIP dasturlari arxiv fayllari uchun; ARJ - ARJ dasturi arxiv fayllari uchun. Dastlab bir marta yaratilib olingandan keyin uning ustida ko'p ishlandi va natijada arxivlashning bir qancha turlari vujudga keldi. DOS operatsion sistema ostida ishlaydigan ARJ, RKZIR, WINRAR arxivatorlari yaratildi. Fayl yoki fayllar arxivlanganda arxiv fayli hosil bo'ladi va ularda arxivning mundarijasi tashkil etiladi. Arxiv natijasida arxivda qaysi fayllar borligi haqida ma'lumot olish mumkin. Arxivlash jarayonida fayllar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.42 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:35 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.42 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga