FDDI texnologiyasi Reja 1. FDDI texnologiyasi, umumiy tushunchalar 2. FDDI tarmoq tuzilishi 3. FDDI tarmog'ida ma'lumotlar uzatilishi 4.FDDI halqada kadrlarni qayta ishlash 5.FDDI texnologiyasi va OSI modeli 1. FDDI texnologiyasi, umumiy tushunchalar FDDI (Fiber Distributed Data Interfase) texnologiyasi optik tola bo'yicha ma'lumotlarni uzatishning taksimlangan interfeysi. Bu uzatish muhiti optik tolali kabel bo'lgan dastlabki texnologiyadir. FDDI texnologiyasi ko'p jihatdan Token Ring texnologiyasiga asoslanadi, uning asosiy g'oyalarini rivojlantiradi va takomillashtiradi. FDDI asosiy maqsadlari: - ma'lumotlar uzatish bitli tezligini 100 Mbits gacha oshirish; - tarmoqni raddiyalarga bardoshligini standart protseduralar hisobiga oshirish; - turli trafiklar uchun tarmoq potentsial o'tkazuvchanlik qobiliyatidan maksimal darajada samarali foydalanish. 4 - 17 2.FDDI tarmoq tuzilishi FDDI tarmog'i - tarmoq uzellari orasida ma'lumotlar uzatish asosiy va rezerv yo'llarini tashkil etuvchi ikkita optik tolali halqa asosida tuziladi (5.1-rasm). Ikkita halqaning mavjudligi - FDDI tarmog'ida raddiyaga bardoshlikni oshirish asosiy usulidir. Uzellar ishonchlilikni oshirish uchun ikkala halqaga ulanishlari kerak. 5 - 17 5.1-rasm. Stansiyalarni FDDI halqalariga ulanishi 3. FDDI tarmog'ida ma'lumotlar uzatilishi Tarmoqning normal ishlash rejimida ma'lumotlar birlamchi (Primary) halqaning xamma uzellari va kabel uchastkalaridan o'tadi. Bu rejim Thru - o'tishli yoki tranzitli rejim deyiladi. Ikkilamchi halqa (Secondary) - bu rejimda ishlatilmaydi. Birlamchi halqaning biron bir qismi raddiya bersa (kabel uzilishi, uzel buzilishi), birlamchi halqa ikkilamchi halqa bilan birlashadi va yagona halqa tashkil qilinadi (5.2 va 5.3 -rasmlar). Bu rejim Wrap rejim, yani halqani o'rash rejimi deyiladi. Bu operatsiya kontsentratorlar vayoki tarmoq adapterlari vositalari orqali bajariladi. 7 - 17 5.2-rasm. Raddiyada FDDI halqalarining rekonfiguratsiyasi 5.3-rasm. Sim uzilishida FDDI tarmoqning rekonfiguratsiyasi FDDI standartlarida tarmoq raddiyasini aniqlash va zaruriy rekonfiguratsiya o'tkazilishiga asosiy etibor qaratiladi. FDDI tarmog'i elementlarning yakka raddiyalarida ishlash qobiliyatini to'liq tiklay oladi. Ko'p marotabali raddiyalarda tarmoq bir nechta bog'lanmagan tarmoqlarga ajralib qoladi. FDDI tarmoqlarida halqalar ma'lumotlarni uzatish ajratiladigan muhiti sifatida qaraladi. 10 - 17 4.FDDI halqada kadrlarni qayta ishlash FDDI halqada kadrlarni uzatish marker (token) usulida amalga oshiriladi (5.4, a-rasm). Stansiya o'zidan odingi stansiyadan maxsus kadr - tokenni olgandan so'ng o'z kadrlarini uzatishni boshlaydi (5.4, b-rasm). Uzatish vaqti tokenni ushlab turish vaqtiga bog'liq. Tarmoqdagi xar bir stansiya qo'shni uzatgan kadr adresini tahlil qiladi va manzil boshqa bo'lsa, uni keyingi stansiyaga uzatadi (5.4, v-rasm). Agar manzil mos kelsa, bu kadr shu stansiyada qayta ishlanadi va keyingistansiyaga uzatiladi (5.4, g-rasm). Belgilangan manzildan chiqqan kadr halqani to'liq aylanib chiqadi va manba stansiya keladi. U yerda bu kadr yo'q qilinadi (5.4, d-rasm). 13 - 17 5.4-rasm. FDDI halqa stansiyalarida kadrlarni qayta ishlash Uzatish muhitiga kirish FDDI tarmogida ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
764.23 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:35
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
764.23 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:35 ]
Arxiv ichida: ppt