Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish predmetining maqsadi va vazifalari. Fizik modellar animatsiyasini yaratish va unga ko'yiladigan talablar. Reja Nima uchun modellarni ishlatamiz? Model tushunchasi. Model. Modellashtirish. Kompyuterda modellashtirish. Hisoblash fizikasi. Modellashtirish bosqichlari. Bundan 3500 yil oldin Konfutsiy «eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko'rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib etaman», degan ekan. ta'limda informatsion hamda pedagogik texnologiyalarni qo'llaganda talaba eshitish, ko'rish, ko'rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkilashtirish uchun malum bir shart sharoitlar mavjud. Birinchidan, axborot resurslari bilishi kerak. Bularga Shaxsiy kompyuter proyektor Multimedia vositalari Skaner (murakkab sxemalar va chizmalarni, negativ plyonkadagi tasvirlarni kompyuterga o'tkazish uchun) Raqamli fotoapparat Video kamera (video konferinsiyalar o'tkazish uchun va yana boshqa maqsadlarda) Printer, nusxa ko'chiruvchi qurilma (tarqatma materiallarni qog'ozga tushirish va ko'paytirish va yana boshqa maqsadlar uchun) va boshqa resurslar. Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta'minotlar hisoblanadi. ta'lim tizimda multmediali elektron o'quv adabiyotlar, ma'ruzalar, virtual laboratoriya ishlari, har xil animatsion dasturlar va yana boshqa ishlarni yaratishda kerak bo'ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi. Bu dasturlar juda ko'p bo'lib, misol uchun: Animatsion roliklar yaratish uchun Masromedia Flash MX dasturidan foydalaniladi. Multmediali taqdimot ma'ruzalarini yartishda hammamizga malum bo'lgan Power Point va Masromedia Authorware dasturidan foydalaniladi. Elektron o'quv adabiyotlarni yaratish davomida keng foydalaniladigan tahrirlovchi dasturlar xam mavjud bo'lib ularga misol uchun, Adobe Photoshop dasturi orqali rasmlarni tahrirlash, sifatini oshirish uchun foydalaniladi. Shuningdek, CorelDraw dasturi orqali har xil grafiklarni yaratish mumkin. Tovush va videolarni tahrirlash uchun esa mos ravishda SoundForge va Adobe Premier dasturlaridan keng foydalaniladi. So'nggi paytda Internetni shiddat bilan rivojlanishi va uning foydalanuvchilari sonini kundan-kunga ortib borishi bois Internetda turli yo'nalishda web sahifalar soni ham ortib bormoqda. Internet orqali savdo-sotiq ishlarini olib borish , masofadan turib universitetlarga o'qishga kirish va nufuzli universitetlar diplomini olish ham mumkin. Turli provayderlar nafaqat firma va kompaniyalar balki dunyo bo'ylab millati, dini va tilidan qatiy nazar oddiy fuqarolar uchun ham internetda o'z sahifalarini joylashtirish imkoniyatini taklif etmoqda. Internetda o'z sahifangizni yaratish uchun siz albatta web sahifa yaratish texnologiyasi haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lishingiz lozim. Turli sayyoralarni tadqiq etish inson hayoti uchun havfli bo'lganligi sabab, kosmik apparatlardan foydalaniladi (masalan, Oyni o'rganish uchun tadqiqot modeli sifatida Lunoxod va b.q.). Mamalakat iqtisodi bo'yicha o'tkaziladigan tajriba, uning oqibatlariga ko'ra qimmat bo'lganligi uchun, boshqaruvchi yechimlarning oqibatini o'rganishda iqtisodning matematik modellaridan foydalaniladi. Metallarga ishlov berish jarayoni vaqt bo'yicha tezkorligi sabab, uni vaqt ko'lami (mashtab) katta, zanglash (korroziya) jarayoni - vaqt ko'lami kichik, atom - fazo ko'lami katta, kosmosdagi jarayonlar - fazo ko'lami kichik modelda o'rganiladi. Model. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.02 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.02 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:35 ]
Arxiv ichida: pptx