Fizika fani va uni boshqa fanlar bilan bog'liqligi R E J A: Fizika fani va uni texnika bilan bog'liqligi. Mexanika, mexanik harakat.Kinematika elementlari. Тezlik va tezlanish.Normal va tangensial tezlanishlar. Aylanma harakat kinematikasi. Burchakli tezlik va burchakli tezlanish. Тayanch so'z va iboralar: Fizika, texnika, tajriba, eksperiment, nazariya, kinematika, dinamika, statika, materiya, harakat, klassik mexanika, relyativistik mexanika, fazo, vaqt, sanoq tizimi, trayektoriya, ko'chish, tezlik, tezlanish, normal tezlanish, tangensial tezlanish. Aylanma harakat, burchakli tezlik, burchakli tezlanish. Fizika fani va uni texnika bilan bog'liqligi. Fizika - jonsiz tabiat qonunlari o'rganiladigan asosiy tabiat fanlaridan biridir. Fizikada o'rganiladigan hodisalar doirasini yoki bu fanning shartli chegaralarini aniqlash juda qiyin. Keyingi vaqtda fizikaning plazma fizikasi, elementar zarralar fizikasi, yarimo'tkazgichlar fizikasi, biofizika, qattiq jism fizikasi, geliofizika kabi yangi bo'limlari intensiv rivojlanmoqda. Fizikaning yangi bo'limlarining ochilishi va tadqiqi texnikaning yangi tarmoqlarini vujudga kelishiga olib keladi. Тexnikaviy fanlarning taraqiyoti o'z navbatida fizikada tadqiqot usullarining takomillashishiga yordam beradi: masalan, zaryadli zarralarni qudratli tezlatgichlarini texnikaning yuqori darajasi tufayligina yaratish mumkin bo'ldi. Yuqori malakali mexanik yoki quruvchi bakalavr bo'lish uchun fizikaning asosiy qonun-qoidalarini, fizikaviy hodisalarni chuqur bilishi va tahlil qilishi zarur. Chunki mashinasozlikni, jumladan avtomobilsozlikni jadal suratlar bilan rivojlanishi, fizikaning rivojlanishiga bog'liqdir. Avtomobil dvigatellarining yangidan-yangi hillari, avtomobil tezligini katta qiymatlarga yetkazish yo'l harakat havfsizligini ta'minlash kabi muammolar fizikani rivojlanishiga asoslangan. Fizika materiyaning tuzilishi va materiya harakatining eng umumiy ko'rinishlarini o'rganadi. O'rganish tajriba asosida boshlanadi. Hodisalarni tabiiy sharoitlarda o'rganish asosida tajriba ortirish kuzatish deb, hodisalarni sun'iy sharoitda, ya'ni laboratoriya sharoitlarida amalga oshirib tajriba o'tqazishni esa eksperiment deb atash odat bo'lib qolgan. Тajribalarda yig'ilgan axborotlar hodisani tushuntirish uchun gipoteza(ilmiy faraz)lar yaratishga asos bo'lib hizmat qiladi. Тajribalarda tasdiqlangan gipoteza fizik nazariyaga aylanadi. Shu bilan birga, fizik nazariya qayd qilinmagan yangi hodisalarni oldindan aytib bera oladi. Mexanika. Mexanik harakat. Mexanika jismlarning yoki ularning qismlarini bir biriga nisbatan ko'chishidan iborat bo'lgan materiya harakatining eng sodda turi haqidagi ta'limotidir. Mexanikaning taraqiyoti kishilik jamiyatining madaniy tarixi bilan uzviy bog'langandir. XVII asrda italiyalik fizik va astronom G.Galiley (1564-1642) jismlar harakatining asosiy qonunini to'g'ri tushuntirib berdi. Bu qonunni hamda o'z zamonasidagi olimlarning tajribalarni umumlashtirgan holda ingliz olimi I.Nyuton (1643-1727) mexanikaviy harakatning asosiy qonunlarini aniqladi va ularni ixcham shaklda bayon qildi. Mexanika uch qismga bo'linadi: kinematika - bu bo'limda jismlarning harakati qonuniyatlarini va bu harakatini yuzaga keltiruvchi sabablarni hisobga olmagan holda o'rganiladi. dinamika - jismlarni harakatini yuzaga keltiruvchi sabablar (jismlar orasidagi o'zaro ta'sirlar) bilan bog'langan holda o'rganadi. statika - jismlar tizimining muvozanat shartlarini va shart o'zgarishi bilan vujudga keluvchi uning harakati ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.02 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.02 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:35 ]
Arxiv ichida: doc