Fizika va internet. HTMLda yaratilgan fizik jarayonlar animatsiyasi. RYeJA Ilmiy dasturlash tillari. Fizik jarayonlarni modellashtirishda elektron ta'lim resurlari o'rni va ularning tahlili. Fizik jarayonlarni modellashtirishda ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalanish. Zamonaviy sharoit talabalarni o'qitishda turlicha usullarni tadbiq etishni talab qiladi. Vizuallashtirish - fizik hodisa va qonunlarni chuqur anglash va tushunishga imkon beruvchi ta'limdagi asosiy usullardan biridir. Tushunish qiyin bo'lgan dinamik obyekt va hodisalarni, statik tasvirlarga qarab o'zlashtirishdan ko'ra, vizuallashtirish yordamida o'rganish yaxshi samara beradi. Real laboratoriya sharoiti hamma tajribalarni ham o'tkazish imkonini bermaydi. Shuning uchun, ta'lim jarayoniga o'qitishning an'anaviy ma'ruza, amaliyot, seminar va laboratoriya mashg'ulotlari ko'rinishlari bilan bir qatorda interfaol modellashtirish usullarini kiritish zarur. Albatta, bunday kompyuter modellari, dasturlash tillari yordamida tayyorlanadi. Tabiiyki, savol tug'iladi, bu maqsadda biz bilgan ko'plab dasturlash tillardan qay biri eng yaxshisi? Insonlar so'zlashadigan tabiiy tillarning eng yaxshisi bo'lmaganidek, dasturlash tillarining ham eng yaxshisi yo'q*. * PhET's research publications are listed here: http:phet.colorado.eduresearchindex.php Kompyuterda dasturlash bu - kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Dasturlash tillari, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi, hamda, dasturlashni o'rganish yo'llari ko'p. Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda*. * Andi Klein and Alexander Godunov. Introductory Computational Physics. Cambridge University Press 2010. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, S va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran tillari universal tillar hisoblanadi, Si va Assembler tillari mashina tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir. Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga tushunarli tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Basic, Pascal, Fortran, Algol, Cobol va h.k. tillar kiradi (ko'pchiligi hozirda deyarli qo'llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo'lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda (PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Python kabi tillarda tuziladi. Ko'pchilik Delphi** dan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko'pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphi da birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning ishlashi ancha qiyin bo'ladi (komponentlarning ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.41 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.41 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:35 ]
Arxiv ichida: pptx