Flash dasturi yordamida geometrik masalalarni tayyorlash Kirish Mustaqillik sharofati bilan Vatanimizda olamshumul o'zgarishlar yuz berdi. Milliy qadriyatlar qayta tiklandi. Ismoil al-Buxoriy, Muhammad al-Xorazmiy, Amir Temur kabi buyuk siymolarning hayoti qoldirgan me'rosini o'rganishga yo'l ochildi. Diyorimiz qiyofasi butunlay yangilandi. Xalqning turmush tarzi, fikrlashi va tafakkurida ijobiy o'zgarishlar paydo bo'ldi. Iqtisodiy, ma'naviy hayotda xalqning turmush tarzi, ongida yuz bergan o'zgarishlar, yangiliklarni, yoshlarni hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash amaliyotida aks ettirish oliy ta'limning bosh vazifasi bo'lib qoldi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida so'zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotida, kishilarning turmush tarzida, maktab va oliy o'quv yurtlariga jadallik bilan olib kirish g'oyasi ilgari surilgan edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-mayda qabul qilingan 230-sonli 2001-2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish ,,Internetning xalqaro tizimlariga keng kirib borishni ta'minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlar to'grisidagi qarori qabul qilindi. Oradan bir yil o'tgach ya'ni 2002-yil 30-mayda O'zbekiston Respublikasi Prezdentining Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot komunikatsiya texnologiyalarni joriy etish to'g'risidagi farmonini amalga oshirish yuzasidagi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi 2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot komunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish dasturi to'g'risidagi qarori e'lon qilindi. Bulardan ko'rinadi ta'limni rivojlantirish hozirgi kunning dolzarb muammosiga aylangan. Endigi asosiy vazifa axborot-texnologiyalari va kompyuterlash bo'yicha yoritilgan natijalar umumlashtirib ularni hayotga albatta keng joriy qilishdan iborat. Kompyuterning jamiyat, xalq xo'jaligi ta'lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyosdir. U ta'lim tizimini ma'muriy boshqarishdan tortib, alohida maktab, kasb hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishgacha, guruh jamoalarida o'quv predmetlarini o'rganishni tashkil qilishdan tortib, talabalarning individual mashg'ulotlarini tashkil etishgacha bo'lgan muammolarni qamrab oladi. HTML hujjatni chiroyli ko'rinishda rasmiylashtirish uchun animatsiyalardan foydalaniladi. Animatsiyalar har xil formatlarga ega bo'lib, hozirda ko'p qo'llaniladiganlardan biri GIF formatli animatsiyadir. Ma'lumki, animatsiya kadrlar ketma-ketligidan hosil bo'ladi. Kadrlarda tasvirlar joylashtiriladi. GIF formatli animatsiyaning kadrlardagi tasviri GIF formatda bo'ladi. Demak, GIF formatli animatsiyalar kichik hajmga egadir. GIF animatsiyalarni yaratish uchun bir qancha maxsus dastur vositalari mavjud. Masalan, Masromedia ColdFusion Server v5.0, Masromedia Generator Developer Edition v2.0, MS Liquid Montion, 3D Studio Max, Gif Animatior, Uleand Cool3D, Ulead Gif Animator, Babarosa Gif Animatior, EZ-Motion v1.1.0, MoHo v 4.5, Masromedia Flash va boshqalar. Animatsiyalarni yaratishda bu dasturiy uskunalarning har birining o'ziga xos o'rni bor. Tasvirlarni animatsiya qilishda Masromedia Flash eng yaxshi dastur vositalaridan biridir. Flash texnologiya yoki uni boshqacha nom bilan muloqotli veb-animatsiyalar deb atashadi. Bu texnologiya Masromedia kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo'lib, ma'lumotlarni multimedia ko'rinishda taqdim eta oladigan, juda muhim texnologik jarayonlarni o'z ichiga olgan dastur vositasidir. Flash dastur vositasining asosiy elementi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:35 ]
Arxiv ichida: doc