Forma tushunchasi formaning asosiy teglari formalarning imkoniyatlari va undan foydalanish Rеja: 1. Forma tushunchasi. Formaning asosiy teglari 2. Forma elementlari va ularning atributlari. 3. Formalarning imkoniyatlari va undan foydalanish Web-sahifada formalar so'rovlar o'tkazish, web-server va mijoz o'rtasida muloqot o'tkazish yoki berilgan ro'yxatdan kerakli hujjatni tanlash maqsadida qo'llaniladi. Formalar va teglari orasida joylashadi. HTML formalar quyidagi boshqariladigan elementlardan foydalanadi: Tugmalar (buttons) Bayroqchalar (chekboxes) Ulagichlar (radiobuttons) Menyular (menus) Matn kiritish maydoni (text input) Tugmalarni uchta turi mavjud: Jo'natuvchi tugmalar - bu tugmalar yordamida formalar serverga qayta ishlash uchun jo'natiladi. Inkor etuvchi tugmalar - bu tugma bosilsa formaning hamma qiymatlari qaytadan boshlang'ich holatiga o'rnatiladi. Umumiy tugmalar - bunday turdagi tugmani bosganda shu tugmaga bog'langan protsedura ishga tushadi. HTMLda forma elementlari Bayroqcha - bu ikkita (tanlangan yoki tanlanmagan) holatga ega bo'ladigan element. Bayroqchalar input elementi yordamida hosil qilinadi. Ulagichlar -ham bayroqchalarga o'xshaydi, ammo bitta farqi shundaki hamma elementlari bitta nomga ega bo'ladi va shulardan bittasi tanlanadi. Ulagichlar ham input yordamida tashkil qilinadi. Menyu-foydalanuvchiga bir nechta variantlardan bir yoki bir nechtasini tanlash imkoniyatini yaratadi. Matn kiritish maydoni-matnni foydalanuvchi tomonidan kiritilishini amalga oshiruvchi ikkita element mavjud. input elementi bitta qatorli kiritishni ta'minlaydi. Formalar tashkil qilish form elementi yordamida amalga oshiriladi. Umumiy ko'rinishi: … Form tegi quyidagi parametrlari mavjud: Type - yordamida esa tugma turi aniqlanadi. Name - parametr yordamida elementning nomi beriladi. Input - parametri bilan forma ko'rinishi web sahifaga chiqariladi. Type parametri quyidagi qiymatlarni qabul qiladi. Radio Text Submit Reset Value 1. … - veb sahifaga forma joylashtirish, forma foydalanuvchi va veb server bilan aloqani ta'minlab beradi. Agar forma elementlari(button, checkbox, radiobutton,…) kiritilmasa, bu teg brauzerga hech nima chiqarmaydi, uning attributlari: accept-charset - serverga jo'natilayotgan axborot kodirovkasini o'rnatish. … action - forma orqali jo'natilayotgan ma'lumotlar qaysi sahifa orqali qayta ishlanishi kerakligi beriladi, biror adres ko'rsatiladi. … formadagi barcha axborotlar «index.php» sahifasiga olib o'tilib, u yerda tahrirlanadi. autocomplete - formani avtomat to'ldirishni boshqarish, brauzer keshida qandaydir ma'lumotlar bo'lsa, shular orqali forma to'latilishi mumkin, uning qiymati:on(yoqig'), off(o'chiq). nctype - jo'natilayotgan axborotlarni kodlash, uning qiymatlari *applicationx-ww-form-urlencoded - bo'sh joylar o'rniga «+» belgisini qo'yadi va qolgan yozuvlarni, uning 16lik tizimidagi qiymatlari bilan to'ldiradi. *multipartform-data - axborotlar kodlanmaydi, fayllarni jo'natishda ishlatiladi. *textplain - bo'sh joylar «+» belgisi bilan yozildai, yozuvlar kodlanmaydi. method - axborotlarni jo'natish turi. Bu haqida «HTML da GET va POST» maqolada to'liq berilgan. name - formaga nom berish, bu nom skriptlar yozishda ishlatiladi. novalidate - formaga kiritilgan ma'lumotlarni brouzer tomonidan tekshirish. Brouzer ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.62 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.62 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:35 ]
Arxiv ichida: doc