Foydalanuvchi huquqlarining turlari Reja 1 Foydalanuvchi huquqlari belgilari 2 Foydalanuvchi huquqlarining turlari Qayd etish joiz, bugunga qadar axborot-kutubxona institutlari faoliyatida xizmat ko'rsatishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil joriy etilishiga qaramasdan, ular o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni, foydalanuvchilarning ehtiyojini qondirish hamda axborot-kutubxona resurslaridan samarali foydalanish bo'yicha ish olib borishni tizimli tarzda yo'lga qo'yish ehtiyoji yuzaga keldi. Bunda axborot-kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, foydalanuvchilarga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yangi xizmatlar ko'rsatilishini ta'minlash maqsadida axborot-kutubxona ishidagi o'zaro munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Mazkur sohaga oid qonunlar yaratish borasida katta xorijiy tajriba to'plangan. Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Belarus, Armaniston, Ukraina, Moldova kabi mamlakatlarda kutubxona xizmati va faoliyatiga oid qonun hujjatlari qabul qilingan. Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risidagi qonunning asosiy maqsadi axborot-kutubxona faoliyatini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligining tamoyil va me'yorlariga asosan huquqiy tartibga solish, boshqarish va rivojlantirishdan iboratdir. Axborot-kutubxona ishi sohasida davlat siyosatini belgilash va axborot-kutubxona qonunchiligi asosida axborot-kutubxona faoliyatini davlat tomonidan boshqarish mexanizmini yaratish mazkur qonundan ko'zlangan maqsadlardan biridir. Axborot-kutubxona institutlarida saqlanayotgan axborotlardan erkin foydalanish, foydalanuvchilarning intellektual, ma'naviy-axloqiy, madaniy va bilimga bo'lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, aholini axborot bilan keng ko'lamda ta'minlash uchun zarur sharoit yaratish, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirishga ko'maklashish, tarixiy-madaniy merosni saqlash maqsadida axborot-kutubxona institutlari bilan o'zaro hamkorlik qilish va axborot-kutubxona fondlaridan o'zaro foydalanish borasida umumiy qabul qilingan tamoyillar qonunda o'zining huquqiy yechimini topgan. Qonun 28 moddani o'z ichiga olgan 7 bobdan iborat bo'lib, uning 1-bobida mamlakatimiz va xalqaro kutubxona tajribasiga asoslangan holda axborot-kutubxona faoliyatida foydalaniladigan asosiy tushunchalar va axborot-kutubxona faoliyatining asosiy prinsiplari o'rin olgan. Qonunning 2-bobi axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish, qo'llab-quvvatlash va moliyalashtirish tartibini hamda maxsus vakolatli davlat organlari vakolatlarini belgilaydi. 3-bob axborot-kutubxona tizimi hamda axborot-kutubxona muassasalarining turlarini belgilaydi, O'zbekiston Milliy kutubxonasi, axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari, boshqa kutubxonalar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan qoidalarni o'z ichiga olgan. Axborot-kutubxona fondini shakllantirish, jamlash, hisobga olish, saqlash va undan foydalanishga oid normalar qonunning 4-bobida mustahkamlangan. 5-bobda esa axborot-kutubxona institutlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari hamda jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish tartibiga oid qoidalar o'z ifodasini topgan. Qonunning 6-bobi axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish, mazkur muassasalarning birlashmalari hamda axborot-kutubxona sohasidagi xalqaro hamkorlikka oid normalarga bag'ishlanadi. Yakunlovchi qoidalar aks ettirilgan 7-bobda axborot-kutubxona sohasidagi nizolarni hal etish, axborot-kutubxona faoliyatini buzganlik uchun javobgarlikka oid qoidalar belgilangan. Xulosa qilib aytganda, Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risidagi qonunning amalda samarali tatbiq etilishi, avvalo, axborot-kutubxona faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Kutubxona fondlari asosida axborot resurslarini shakllantirish orqali axborot, madaniy-ma'rifiy, ta'lim ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.81 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.81 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:36 ]
Arxiv ichida: doc