Foydalanuvchilarning huquqlari. Foydalanuvchi huquqlarining foydalanish belgilari Reja 1 Foydalanuvchilarning huquqlari 2 Foydalanuvchi huquqlarining foydalanish belgilari Bugungi globallashuv sharoitida har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta'lim va madaniyat rivojida turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, ular ishida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash bu jarayonda alohida o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida ma'qullangan Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining qonuni ana shu maqsadga xizmat qiladi. Mazkur qonun 2011 yil 14 aprelda matbuotda rasman e'lon qilindi va kuchga kirdi. Yurtimizda mustaqillik yillarida barcha sohalar qatori axborot-kutubxona faoliyati sohasini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risidagi qarori bilan oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari hamda umumta'lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari tashkil etildi. Ayni paytda davlatimiz rahbarining 2011 yil 23 fevraldagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori soha rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Prezidentimiz Islom Karimov taklif etgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida qayd etilganidek, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta'minlash masalasi insonning axborot olish, uni tarqatish huquqi va erkinligini o'zida mujassam etgan bo'lib, bu O'zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Ushbu maqsadlarni hamda kutubxona ishida foydalanuvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali sifatli xizmat ko'rsatish bilan bog'liq ustuvor vazifalarni amalga oshirish va milliy elektron resurslarni shakllantirish, ulardan keng foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan mazkur qonun mamlakatimizda axborot-kutubxona faoliyatining huquqiy asoslarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Hozir yurtimizda 11 mingdan ziyod axborot-kutubxona muassasasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning xizmatidan 6,3 milliondan ortiq kitobxon va o'quvchi foydalanmoqda. Mavjud 83,6 million adabiyot fondidan 3,5 milliontasining elektron shakli yaratilgani esa ularga yanada kengroq sharoit yaratmoqda. Ayniqsa, barcha axborot-kutubxona markazlarida ZiyoNET tarmog'iga chiqish imkoniyatini beruvchi lokal tizim tashkil etilgani ham axborot-kutubxona faoliyatidan keng foydalanishga xizmat qilmoqda. Ayni vaqtda yurtimiz ta'lim muassasalaridagi 1639 axborot-resurs markazida (91 foiz) lokal tarmoq mavjud. Ulardan 1380 tasi ZiyoNET tarmog'iga ulangan. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.01 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.01 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:36 ]
Arxiv ichida: doc