Frame Relay texnologiyasi Reja 1.Paketlar kommutatsiyalanadigan global tarmoqlar (WAN) 2. Frame Relay (FR) tarmoqlari 3. Frame Relay texnologiyasi 1.Paketlar kommutatsiyalanadigan global tarmoqlar (WAN) Global tarmoqlar ikki turdagi ulanish o'rnatadigan texnologiyalar bilan xarakterlanadi: - nuqta- nuqta(point-to-point) tarmoq; - bulut (cloud) tarmoq. Nuqta - nuqta texnologiyali tarmoqda xar bir ikkita uzelga alohida liniya ajratiladi, N ta uzellarni birlashtirish uchun N(N - 1)2 adoka liniyalari talab kilinadi. Bu holatga yuqori o'tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo'lamiz va alloka liniyalari va interfeys qurilmallar katta xarajatlarni talab qiladi. WAN tarmoqlarning nisbatan tejamkor texnologiyasi bu bulut turidagi tarmoqdir. Bu holatda bitta uzelni ulash uchun fakat bitta liniya talab kilinadi. Komutatsiya prinsipi bo'yicha bulut texnologiyasi kuyidagillarga ajratiladi: -kanallar komutatsiyasi (telefon aloqa liniyalarida); -xabarlar komutatsiyasi (v E-mail); -paketlar (IP, X.25 tarmoqlarida), kadrlar (Frame Relay tarmoqlarida), yacheykalar (ATM tarmoqlarida) kommutatsiyasi. X.25, Frame Relay, ATM global tarmoqda marshrutlash prinsipi oldingan tashkil etiladigan virtual kanal va paketlar, kadrlar yoki yacheykalarni shu kanal bo'yicha uztaishga asoslangan, yani bitta marshrut bo'ycha uzatish. 2. Frame Relay (FR) tarmoqlari Frame Relay tarmog'i kadrlarni kommutatsiyalaydigan tarmoqdir yoki raqamli aloqa liniyalaridan foydalanishga qaratilgan kadrlarni retranslyatsiyalovchi tarmoqdir. Frame Relay texnologiyasi OSI ning fizik va kanal satxlarini qo'llab-quvvatlaydi. Frame Relay texnologiyasi ma'lumotlarni uzatish uchun virtual ulanishlar (kommutatsiyalanadigan yoki doimiy) texnikasidan foydalanadi. Frame Relay protokollari steki fizik va kanal satxlari protokollari bo'yicha virtual ulanish o'rnatilganda kadrlarni uzatadi. Frame Relay da tarmoq satxining funksiyalari kanal satxiga siljigan, shuning uchun tarmoq satxi zarurat yo'q. . Kanal satxining xar bir kadrida, mantiqiy ulanishning nomeriga ega bo'lgan sarlavxa mavjud, u marshrutlash va trafikni kommutatsiyalashda ishlatiladi. Frame Relay - bitta aloqa kanalida bir nechta ma'lumotlar oqimini multipleksirlaydi. Kadrlar kommutatordan uzatilganda o'zgartirishlarga duchor qilinmaydi, shuning uchun tarmoq kadrlar retranslyatsiyasi deb nomlanadi. Shunday qilib, tarmoq paketlarni emas, kadrlarni kommutatsiyalaydi. ma'lumotlarni uzatish tezligi 44 Mbits gacha bo'ladi, lekin bunda ma'lumotlar butligi va ularni yetkazish aniqligi kafolatlanmaydi. Frame Relay ma'lumotlarni sifati yaxshi raqamli kanallarda uzatishga mo'ljallangan, shuning uchun uning kanal satxida uzellar orasida ulanish bajarilishini tekshirish va ma'lumotlar aniqligini nazoratlash mavjud emas. Kadrlar lokal tarmoqlar kommutatorlaridagiga o'xshash holda o'zgartirishsiz va nazoratsiz uzatiladi. Shuning hisobiga Frame Relay tarmoqlari yuqori unumdorlikka ega bo'ladi. Kadrlarda xatoliklar aniqlanganda, kadrlar takroriy uzatilmaydi, balki buzilgan kadrlar yaroqsiz deb topiladi. ma'lumotlar aniqligining nazorati OSI modelining yuqoriroq satxlarida amalga oshiriladi. Frame Relay tarmoqlari korporativ va hududiy tarmoqlarda quyidagi sifatlarda keng qo'llanadi: -olisdagi lokal tarmoqlar (korporativ tarmoqlarda) orasida ma'lumotlar almashinish uchun kanallar sifatida; -lokal va hududiy (global) tarmoqlar orasida ma'lumotlar almashinish uchun kanallar sifatida. Frame Relay (FR) texnologiyasi asosan umumiy ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
734.37 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
734.37 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:36 ]
Arxiv ichida: ppt