Funksiyalar - rasmi

Material tavsifi

Funksiyalar Reja: Funksiya parametrlari va argumentlari Kelishuv bo'yicha argumentlar Ko'rinish sohasi. Lokal va global o'zgaruvchilar Tayanch iboralar: Funksiya parametrlari va argumentlari, kelishuv bo'yicha argumentlar, ko'rinish sohasi. lokal va global o'zgaruvchilar. Programma ta'minotini yaratish amalda murakkab jarayon hisoblanadi. Programma tuzuvchi programma kompleksini bir butunlikdagi va uning har bir bo'lagining ichki mazmunini va ularning sezilmas farqlarini hisobga olishi kerak bo'ladi. Programmalashga tizimli yondashuv shundan iboratki, programma tuzuvchi oldiga qo'yilgan masala oldindan ikkita, uchta va undan ortiq nisbatan kichik masala ostilarga bo'linadi. O'z navbatida bu masala ostilari ham yana kichik masala ostilariga bo'linishi mumkin. Bu jarayon toki mayda masalalarni oddiy standart amallar yordamida yechish mumkin bo'lguncha davom etadi. Shu yo'l bilan masalani dekompozitsiyalash amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, programmalashda shunday holatlar kuzatiladiki, unda programmaning turli joylarida mazmunan bir xil algoritmlarni bajarishga to'g'ri keladi. Algoritmning bu bo'laklari asosiy yechilayotgan masaladan ajratib olingan qandaydir masala ostini yechishga mo'ljallangan bo'lib, yetarlicha mustaqil qiymatga (natijaga) egadir. Misol uchun quyidagi masalani ko'raylik: Berilgan a,a,…,a, b,b,…,b c,c,…,c va x,y,z haqiqiy sonlar yechish ifodaning qiymati hisoblansin. Bu misolni yechishda kasrning surat va maxrajidagi ifodalar bir xil algoritm bilan hisoblanadi va programmada har bir ifodani (masala osti) hisoblash uchun bu algoritmni 3 marta yozishga to'g'ri keladi. Masaladagi 30-darajali ko'phadni hisoblash algoritmini, masalan, Gorner algoritmini alohida, bitta nusxada yozib, unga turli parametrlar- bir safar a vektor va x qiymatini, ikkinchi safar b vektor va y qiymatini hamda c vektor va (x+z) qiymatlari bilan murojaat qilish asosiy masalani yechish mumkin bo'ladi. Funksiyalar qo'llanishining yana bir sababini quyidagi masalada ko'rishimiz mumkin - berilgan chiziqli tenglamalar sistemasini Gauss, Kramer, Zeydel usullarining birortasi bilan yechish talab qilinsin. U holda asosiy programmani quyidagi bo'laklarga bo'lish maqsadga muvofiq bo'lar edi: tenglama koiffitsentlarini kiritish bo'lagi, yechish usulini tanlash bo'lagi, Gauss, Kramer, Zeydel usullarini amalga oshirish uchun alohida bo'laklar, natijani chop qilish bo'lagi. Har bir bo'lak uchun o'z funksiyadir majmuasi yaratib, zarur bo'lganda ularga bosh funksiya tanasidan murojaatni amalga oshirish orqali bosh masala yechish samarali hisoblanadi. Bunday hollarda programmani ixcham va samarali qilish uchun C++ tilida programma bo'lagini alohida ajratib olib, uni funksiya ko'rinishida aniqlash imkoni mavjud. Funksiya bu - C++ tilida masala yechishdagi kalit elementlaridan biridir. Funksiya parametrlari va argumentlari:[1(177-187), 3(51-56), 4(67-72)] Programmada ishlatiladigan har qanday funksiya e'lon qilinishi kerak. Odatda funksiyalar e'loni sarlavha fayllarda e'lon qilinadi va #include direktivasi yordamida programma matniga qo'shiladi. Funksiya e'lonini funksiya prototipi tavsiflaydi (ayrim hollarda signatura deyiladi). Funksiya prototipi quyidagi ko'rinishda bo'ladi: (); Bu yerda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.14 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.14 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga