Funksiyalarda argument sifatida local, global o'zgaruvchilardan va havolalardan foydalanish Reja: 1. Lokal o'zgaruvchilar 2. Global o'zgaruvchilar 3. Havolalar tushunchasi Ko'rinish sohasi. Lokal va global o'zgaruvchilar O'zgaruvchilar funksiya tanasida yoki undan tashqarida e'lon qilinishi mumkin. Funksiya ichida e'lon qilingan o'zgaruvchilarga lokal o'zgaruvchilar deyiladi. Bunday o'zgaruvchilar xotiradagi prog-ramma stekida joylashadi va faqat o'zi e'lon qilingan funksiya tanasida amal qiladi. Boshqaruv asosiy funksiyaga qaytishi bilan lokal o'zgaruvchilar uchun ajratilgan xotira bo'shatiladi (o'chiriladi). Har bir o'zgaruvchi o'zining amal qilish sohasi va yashash vaqti xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O'zgaruvchi amal qilish sohasi deganda o'zgaruvchini ishlatish mumkin bo'lgan programma sohasi (qismi) tushuniladi. Bu tushuncha bilan o'zgaruvchining ko'rinish sohasi uzviy bog'langan. O'zgaruvchi amal qilish sohasidan chiqqanda ko'rinmay qoladi. Ikkinchi tomondan, o'zgaruvchi amal qilish sohasida bo'lishi, lekin ko'rinmas-ligi mumkin. Bunda ko'rinish sohasiga ruxsat berish amali «::» yordamida ko'rinmas o'zgaruvchiga murojat qilish mumkin bo'ladi. O'zgaruvchining yashash vaqti deb, u mavjud bo'lgan programma bo'lagining bajarilishiga ketgan vaqt intervaliga aytiladi. Lokal o'zgaruvchilar o'zlari e'lon qilingan funksiya yoki blok chegarasida ko'rinish sohasiga ega. Blokdagi ichki bloklarda xuddi shu nomdagi o'zgaruvchi e'lon qilingan bo'lsa, ichki bloklarda bu lokal o'zgaruvchi ham amal qilmay qoladi. Lokal o'zgaruvchi yashash vaqti - blok yoki funksiyani bajarish vaqti bilan aniqlanadi. Bu hol shuni anglatadiki, turli funksiyalarda bir-biriga umuman bog'liq bo'lma-gan bir xil nomdagi lokal o'zgaruvchilarni ishlatish mumkin. Quyidagi programmada main() va sum() funksiyalarida bir xil nomdagi o'zgaruvchilarni ishlatish ko'rsatilgan. Programmada ikkita sonning yig'indisi hisoblanadi va chop etiladi: #include funksiyaprototipi int sum (int a;int b); int main() lokal o'zgaruvchilar int x=r; int y=4; cout ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.02 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.02 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:36 ]
Arxiv ichida: docx