Gazeta dizaynini shakllantiruvchi ahamiyatli jihatlar Reja: Gazetalarning asosiy vazifasi Gazetalarning doimiy unsurlari Gazetalarning asosiy vazifasi yangilik tarqatishdir, ammo hozirgi davrga kelib ular o'zlarining moliyaviy manfaatlarini bozor talablaridan kelib chiqqan holda funksiyasini o'zgartirmoqda. Hozirla gazetalar nafaqat yangilik, o'quvchini qiziqtiradigan boshqa ob-havo ma'lumotlari, goroskop, TV dasturlari kabilarni ham chop qilmoqda. Yirik nashrlarning hisobiga ko'ra AQSH va Kanadada 10 kishidan 6 tasi kundalik gazetalarni, 10 kishidan 7 tasi hafta oxiridagi gazetalarni o'qir ekan. Bularni yakshanbalik deb aytish qiyin, misol uchun Kanadada hafta oxiridagi gazeta odatta yakshanba kuni emas shanba kunga chiqariladi. 1998 yilgi ma'lumot bo'yicha AQSHda 1500 nomdagi gazeta kundalik tarzda 56 mln. nusxada chop etilib uning har bir soni kamida 2 kishi tomonidan o'qilgan. Hozirgi vaqtga kelib zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi tufayli nashriyot industriyasi an'anaviy gazetalarning kelajagi qanday bo'ladi? degan savol ustida bosh qotirishmoqda. Bazi yirik kompaniyalarning (GateHouse Media New England (WickedLocal.com) va Cox Communications (Kudzu.com)) o'rganib chiqqan natijalariga ko'ra gazetalar auditoriyani o'ziga yaqinlashtirishda yangicha yo'l tutishi lozim. O'qimishli gazeta bo'lish uchun odamlarning kundalik hayotda tashvishga solayotgan muammolarni yechishga etibor qaratish lozim. Bu nafaqat auditoriyaning ijtimoiy ahvoli, balki ularning psixologik turmushini ham o'rganishni talab qiladi. Yangi gazetaning tashkil qilinishida eng dastlab O'quvchi bizdan nimani kutadi? degan savolga topishi lozim. Vashington Post gazetasining muxbiri Frank Ahrens Minority Report nomli fantastik kinoda tasvirlanganidek, metroda odamlarning o'qib o'tirgan elektron gazetalarning yaqin kelajakda paydo bo'lish ehtimoliga etibor qaratgan. E Ink Corp. ning ijrochi direktori Russ Wilcox ning takidlashicha 2054 yil voqealarini yoritgan kinodagi voqealar 2015 yillardayoq ro'y berishi mumkin. Yani qog'oz gazetalar o'rnini video-gazetalar bosishi mumkin. Russ Wilcox ning aytishicha, E Ink Corp.si bu ixtironi ishlab chiqqan, ammo hozir u faqat oq va qora ranglarda ko'rsatadi. Ayni vaqtda esa unga rangli tus berish imkoniyatlari qarab chiqilmoqda. Hozirgi gazetalardan farqli o'laroq undagi tekstlar va rasmlar o'zgarib turadi, hatto gi ovoz va videoni ham simsiz to'lqinlar orqali uzatish mumkin. Ayni vaqtdagi ishlanayotgan video-gazetaning razmeri Noutbuk (Laptop) kompyuterlari ekranidan 2 barobar katta bo'lib undan 100 barobar kam bo'lgan energiya sarflanar ekan. Jurnalist Frank Arensning Bazi The Postga o'xshagan katta gazetalarda reklamaga ancha joy ajratiladi. Sizning razmeri cheklangan video-gazetangizda bu reklamalarni joylashtirishda joy etarsiz bo'lmaydimi? degan savoliga Russ Uilkoks shunday javob beradi: Elektron gazetada joy cheksiz desa ham bo'ladi, yani o'quvchi nimani va qancha xohlasa shuncha ma'lumot berish kuchiga ega bo'ladi. Reklama masalalasida aksincha ancha ustunliklarga ega - interaktiv, o'quvchi o'zi qiziqqan reklamaga qo'l tekkizgan holda to'laroq ma'lumot olishi va kerak bo'lsa to'g'ridan-to'g'ri o'sha reklama beruvchining veb-sahifasini gazeta orqali ochishi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.26 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.26 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:36 ]
Arxiv ichida: doc