Gazeta va jurnallarda shakl va mazmun birligi

Gazeta va jurnallarda shakl va mazmun birligi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Gazeta va jurnallarda shakl va mazmun birligi - rasmi

Material tavsifi

Gazeta va jurnallarda shakl va mazmun birligi Reja: Axborot bozorida nashriy OAVlari Shakl va dizayn, uni tashkil etuvchi unsurlar Matbuot nashrlari sahifalarida fotosuratdan foydalanish usullari va ahamiyati. Mazmun va shakl birligi matbuot nashrlari badiiy texnik dizaynerlik mahoratida asosiy maqsad sanaladi. Dizayn qilish jarayoni gazeta va jurnal materiallarining janri, tipoloik va boshqa xususiyatlari bilan birga umumiy mazmun yo'nalishiga ham etibor berish zarur. Gazeta va jurnal inson qo'li bilan yaratilgan minglab predmetlar sirasiga kiradi. Huddi boshqa narsalar kabi ular ham nafaqat amalda foydalanishga balki tashqi ko'rinish tarafidan ham baholanadi. Nashrning tashqi qiyofasi: inson ko'zini quvontiradi o'quvchi etiborini tortadi o'quvchining estetik didini tarbiyalaydi Matbuot nashrining badiiy-texnik dizayni o'ziga xos san'at turi hisoblanadi. To'g'r, u san'atning asosiy turi sirasiga kirmaydi. Chunki unda mazmun birlamchi, bezak esa yordamchi vazifani bajaradi. Shu jihatdan uni amaliy san'at, xususan grafikaning bir turi desak to'g'ri bo'ladi. V. A. Favorskiy Kitob bir tomondan adabiy asarni o'qish uchun yaratilgan texnik imkoniyatlar, ikkinchi tomondan esa adabiy asarning obrazli tasviri majmuidir. Bu jihatdan kitobni arxitekturaga o'xshatish mumkin. Binolar amaliy jihatdan foydalanish uchun qurilgan bo'lsada, baribir san'at asari qoladi.kitobda., arxitekturada ham bezak va tasviriylik amaliy vazifani bajarishda tayanch bo'ladi. Bugungi davrda axborot uzatishdagi samaradorlik dizayn bilan to'ldirilgandagina to'liq natija beradi. Dizayn nashr o'quvchilari sonini ko'payishiga yordam beradi. Matn va tasviriy materiallar ustun va sahifalar bo'ylab joylashtirilar ekan, o'ziga xos konstruksiya yaratiladi. Buni mutaxassislar o'qish uchun texnik sharoit yaratish deb atashadi. Ushbu konstruksiya quydagi vazifa talablariga javob berishi kerak. O'quvchi etiborini boshqarib, uni shu sonning asosiy materiallariga jalb qilish. O'quvchini materialning asosiy mazmuni yoki o'zini qiziqtirgan xabarni topishi uchun oz vaqt sarflashga optimal sharoit yaratish. Shriftlar, dizayn usullari va boshqa chop etish jarayonlari orqali materiallarning oson o'qilishi va tushunilishini ta'minlash. Nashrning estetik sifatiga etibor berish. Chunki har qanday nashr o'zida milliy dunyoqarash va madaniyatni aks ettiradi. Rivojlangan mamlakatlarda matbuotning jadallik bilan rivojlanishi OAVlari o'rtasida jiddiy raqobatga sabab bo'lmoqda. Hozirgi kunda iqtisodiy tizimga aylanib ulgurgan nashriy OAVningzamonaviy bozor texnologiyasiga qiziqishi o'sib borishi moliyaviy muvaffaqiyat omili bo'lgan bu maxsus tovar xizmat turining raqobat bardoshliligiga keng etibor qaratishni talab qilmoqda. OAV raqobatbardoshliligiga keng integral tushuncha sifatida qarash kerak va unda tovar xususiyatlari, tovar ko'rinishlari, narx, shuningdek, axborot va reklama bozorida savdo-sotiq markasi va uslublarining harakatlanishi hamda ularning bir-biriga ta'siri kabilarni o'rganish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida nashriy OAV uchun raqobatbardoshlik omillari sirasiga, shubhasiz, mazmundorlik, axborotning isxonarliligi, tezkorlik (operativlik), pozitsiya va stilistika, shuningdek, sotuvni uyushtirish, reklama kabi marketing usullari ham kiritiladi. Nashrlarning dizayni ana shu omillardan muhim va asosiysi sanaladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.25 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.25 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga