Mavzu: Generatorlarni qismlarga ajratish va yig'ish amaliy mashg'uloti bo'yicha metodik tavsiya ishlab chiqish (Chust transport va aloqa KXK misolida) Mundarija Kirish O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risida Qonunini amalga oshirish borasida raqobatbardosh kadrlar, ayniqsa, turli ta'lim xizmatlari ko'rsatuvchilar (tarbiyachilar, o'qituvchilar va pedagoglar) ni tayyorlash bo'yicha qator muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgusdagi to'qqizinchi sessiyasida ushbu toifadagi kadrlar haqida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov shunday degan edi [2]: - Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularni ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni qoidalariga binoan kadrlar tayyorlashning milliy modelini amalga oshirish bu tizimni mamlakatda amalga oshirilayotgan ishtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni hisobga olgan holda tubdan isloh qilishni ko'zda tutadi. Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi pedagoglariga qo'yiladigan talablar: a) Pedagogga qo'yiladigan talablar va uning umumlashtirilgan modeli. Kadrlar tayyolash Milliy dasturi raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi zamonaviy pedagokka qo'yiladigan talablar majmuini belgilaydi. Bir-biriga bog'liq bo'lgan talablarning ushbu majmui, pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq asosiy (fundamental) talablar quyidagilardan iborat: - ta'lim berish mahorati; - tarbiyalay olish mahorati; - O'quv-tarbiya jarayonida inson omilini taminlovchi shaxsiyat fazilatlari; - ta'lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati. ta'lim berish mahorati pedagogga qo'yiladigan talablar va o'quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish sharoitlar bilan bog'liq bo'lgan quyidagi bosh (dominant) omillar bilan aniqlanadi: - qo'llab-quvvatlash va o'quv jarayoni muhiti; - pedagogning psixologik-pedagogik tayyorgarlik; - fanni chuqur bilishi, kasbiy omilkorlik va eruditsiya; - yangi pedagogik va kompyuter texnologiyalarni bilish; - kasbiy axborot manbaalari sifatida chet tillarini bilish; - yangi uslubiy va bilim manbaasi sifatida ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish; - uzluksiz ta'lim tizimining me'yoriy hujjatlarini bilish; - o'quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishning moddiy texnika bazasi bilan bog'liq bo'lgan axborot bazasi va resurslari. Tarbiyalay olish mahorati pedagogning yuksak madaniyat va ma'naviyat saviyasiga, shaxsiy axloqiy, vatanparvarlik va burch (hislar) iga asoslanadi. ta'lim oluvchilarda dunyo yaxlitligi yuksak madaniyat, ma'naviy tafakkurni shakllantirish uchun pedagogning o'zi gumanitar va gumanistik ruhda tarbiyalangan hamda o'quv-tarbiya ishini tashkil etish mahoratiga ega bo'lishi shart. Jamiyatimizning har bir fuqarosi XXI asr bo'sag'asida turar ekan, ortda qolgan yillar qadrini baholashga va kelajak hayotining turli jabhalarini belgilab olishga urinishi tabiiydir. Jumladan, ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatayotganlar ham bundan mustasno emas. Kasb-hunar kollejlarini tamomlab chiqayotgan bitiruvchilarni ishga joylashtirish. Bu masala ko'p jihatdan ularni tayyorlash sifati va mehnat bozorini qanchalik chuqur o'rganishimizga bog'liq ekanini unutmaslik zarur[3]. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga qo'llashga bo'lgan qiziqish, etibor kundan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
939.45 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
939.45 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:37 ]
Arxiv ichida: doc