Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Reja: Geoaxborot texnologiyalariga kirish Asosiy tushunchalar va terminlar GAT evolyutsiyasi GATni qo'llash sohalari GATning bazaviy komponentlari Geografik va atributiv ma'lumotlar GATning apparat platformasi GAT tipologiyasi Geoaxborot texnologiyalariga kirish Geoaxborot texnologiyalari qariyib 50 yildan beri mavjud. Bunday yuqori texnologik yo'nalish uchun bu ko'pmi yoki kammi? Nega geoinformatika va geoaxborot texnologiyalari axborot texnologiyalari ichida eng gurkirab rivojlanayotgan yo'nalishlardan birini o'zida ifodalaydi? Va umuman, bu nima -fanmi, texnologiyami, uslubmi, kompyuter dasturimi? Geografik axborot tizimlari bilan mutlaqo tanish bo'lmagan kishi quyidagi savolni berishi mumkin: nega endi men geoinformatika nimaligini bilishim kerak?. Haqiqatan ham ko'pchiligimizning hayotimizda geografik atlaslarga yoki kartalarga murojaat qilish zaruriyati har kuni ham yuzaga kelavermaydi. Biroq agar tushunib yetilsa, geaxborot texnologiyalari kompyuterga joylangan shunchaki kartadan ko'ra birmuncha ko'proq narsani o'zida ifodalaydi. Shu bilan birga, geografik axborot tizimi (geoaxborot tizimi, GAT) tushunchasi odatdagi bosmadan chiqarilgan karta bilan uzviy bog' liq. Aslini olganda har qanday geografik karta yer yuzasining modelidir va undan foydalanuvchilarning tahlil qilish obyekti hisoblanadi. Mutaxassisga qandaydir hodisalar yoki obyektlarning kartada joylashuviga bir ongli nazar tashlash ularning vujudga kelishi va boshqa parametrlar bilan bog'liqligi qonuniyatlarini baholash uchun yetarlidair, 2-rasm. Eng oddiy misol - bu kartadagi bir punktdan boshqasigacha bo'lgan masofani aniqlashdir, 1.3-rasm Undan murakkabroq masala noto'gri shakldagi obyektlarning maydonlarini aniqlashdir. Eng murakkab masalalarda kartalarning turli tematik ma'lumotlari o'rtasidagi bog'liqlik, masalan, qor qoploni populyatsiyasining joy relefiga yoki tuproqlar tarkibining tub jinslar geologiyasiga bog' liqligi aniqlanadi. Misollar ro'yxatini kengaytirish mumkin. Odam ilmiy, ishlab chiqarish va boshqaruv faliyatida ularning xususiyatlari va tavsiflarining vaqtga qarab o'zgarishini ta'riflovchi turli obyektlarning fazoviy joylashuvi bilan bog'liq bo'lgan katta axborot massivlariga ishlov berish zaruratiga doim duch keladi. Pirovardida vizual tasvir olinadi, butun vizualizastiya jarayoni esa - karta yaratish jarayonidir. Funksiyalari axborotni tahlil qilishni va kartalar va sxemalar ko'rinishida vizualizastiyalashni o'z ichiga oluvchi geoaxborot tizimlari ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarida qo'llanilgan axborotga ishlov berish hamda geografik ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan loyihalash va mashina grafikasi tizimlarida (SAPR) vizualizastiyalash, avtomatlashtirilgan karta ishlab chiqarilishi, tarmoqlari tizimlari texnologiyalari tutashuvida vujudga keldi. Geografik axborotga ishlov berish uchun kompyuter quvvatidan foydalanish zarurati XX asrning 60-70 yillarida tan olindi. U vaqtlarda g oyani amalga oshirish ulkan dasturiy-apparat resurslarini talab qilardi va bunga faqat, masalan, Mudofaa vazirligishaxsidagi davlat idorasi kabi yirik byurtmachilarninggina imkoniyatlari etarli edi (bu haqda 3 bobda to'xtalamiz). Vaziyat 90-yillar o'rtasidan boshlab tubdan o'zgardi, zero bu vaqtda bozorda kuchli, nisbatan PKlar paydo bo'ladi, dasturiy ta'minot arzonlashadi va tushunarliroq bo'la boshlaydi, foydalanuvchilar ko'proq tayyorlangan bo'ladi. Bu omillar geoaxborot texnologiyalarini shiddat bilan tarqatish uchun tayanch nuqtasi bo'lib xizmat ko'rsatdi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:37 ]
Arxiv ichida: doc