Geoaxborot tizimi hamda uning rivojlanish tarixi haqida umumiy ma'lumot Reja: 1.Geoaxborot tizimi atamasi 2.Geoaxborot tizimi tomonidan hal qilinishi mumkin bo'lgan muammolar spektri 3.Geoaxborot tizimi rivojlanishining tarixiy bosqichlari 4.Zamonaviy sharoitda geoaxborot tizimini qo'llash Geoaxborot tizimi atamasi Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GIS ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to'g'ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo'ldi. Kartalar yaratishning Qog'ozli deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat obyektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig'ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, tahlil qilish, yana qayta ishlashni ta'minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta'rif bersa bo'ladi. Barcha GISlarda ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, tahlil qilish va ma'lumotlarni kompyuterda yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e'tiborga olingan. Demak, GIS - turli usullar bilan to'plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma'lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi. Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jihatidan GISning tengi yo'q - u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda keng qo'llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari yer tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo'llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko'rinishdagi ma'lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin emas. Geoaxborot tizimi tomonidan hal qilinishi mumkin bo'lgan muammolar spektri Geoinformatika sohasi O'zbekiston Respublikasida quyidagi muammolarni hal qilinishida juda muhim o'rin egallaydi: Ta'lim tizimi: Geoinformatika bilan bog'liq bo'lgan ta'lim yo'nalishlari, jumladan geodeziya, kartografiya, kadastr, yer tuzish va boshqa yo'nalishlarini xalqaro va milliy ta'lim standardlariga mos keladigan darajada isloh qilish. (yangi o'quv uslublarini, o'quv dasturlari va yangi asbob uskunalarni yaratish). yer degradasiyasi: Irrigasiya va drenaj tizimlarini yomonlashishi erlarning shurlanishi muammolarini keltirib chiqardi. yer va suv resurslarini boshqarish tizimini yaxshilanishi, shaharsozlik, atrof muhit muhofazasi va boshqa sohalarni rivojlantirish orqali ushbu muammolarni bartaraf qilish mumkin. Agroximiya mahsulotlarini haddan ziyot ishlatish, Amudaryo va Sirdaryo daryolaridagi suvlarni yerlarni o'zlashtirish maqsadida ishlatilib ketilishi oqibatida, suv tanqisligi, atrof muhit yomonlashishi va insoniyatni sog'ligiga yomon ta'sir qiladigan oqibatlar kelib chiqmoqda. Bunga Orol dengizi suv sathining haddan ziyod pasayib ketishi oqibatida uning atrofidagi erlarning shurlanishi va aholi sog'ligining yomonlashishi, yer osti suvlarining ishlab chiqarish va ximiyaviy moddalar tufayli ifloslanishini misol qilib keltirishimiz mumkin. Qishloq ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
121.62 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
121.62 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:37 ]
Arxiv ichida: doc