Gat da tahliliy masalalarni yechish Reja: GATda ma'lumotlar modellari GATda axborotni tashkillashtirish va ishlash Fazoviy ma'lumotlarni tashkillashtirish modellari GATda axborotni tashkillashtirish prinsplari GAT ga axborot kiritish GATga ma'lumotlarni rastrli modeli bilan kiritish Kartalarni raqamlash xatolari GATda axborotni tahlil qilish Fazofiy masalalarni modellash GATda ma'lumotlar modellari Geoaxborot tizimida ma'lumotlarni tashkil qilish uslubini, birinchi navbatda, ma'lumotlar modelini, ya'ni fazoviy obyektlarni raqamli tavsiflash usulini tanlash DTni tanlashga qaraganda ancha muhimdir. Bu shu bilan shartlanadiki, ma'lumotlar modeli yaratiladigan GATning ko'pgina funksional imkoniyatlarini va u yoki bu kiritish texnologiyalarining qo'llana olishini bevosita belgilaydi. Axborot vizual qismini ifodalashning fazoviy aniqligi barobarida, sifatli kartografik material olish va raqamli kartalar nazoratini tashkil qilish imkoniyati ham modelga bog liqdir. Tizimning, masalan, ma'lumotlar bazasiga so'rovning bajarilishidagi yoki monitor ekranida renderingdagi (vizuallashtirishdagi) unumdorligi GATda ma'lumotlarni tashkil qilish usuliga jud kuchli bog'liq. Ma'lumotlar modelini tanlashdagi xatolar GATda zaruriy funksiyalarni realizastiya qilishda va ularning ro'yxatini kelajakda kengaytirishda, loyiha bajarilishining iqtisodiy nuqtai nazardan samaradorligida hal qiluvchi tarzda ta'sir ko'rastishi mumkin Ma'lumotlar modelini tanlashga shakllantiriladigan geografik va atributiv axborot ma'lumotlar bazalarining qimmati bevosita bog'liq. Ma'lumotlarni tashkil qilish darajalarini piramida ko'rinishida ifodalash mumkin, 2.1-rasm Ma'lumotlar modeli - bu ma'lumotlarni tashkil qilishning konsteptual darajasidir. Oldingi bobda ko'rib chiqilgan poligon, uzel, chiziq, yoy, identifikator, jadval kabi terminlar tema va qatlam tushunchalari barobarida aynan shu darajaga tegishlidir. Ma'lumotlarni tashkil qilishni batafsilroq ko'rib chiqish ko'p hollarda ma'lumotlar strukturasi deb ataladi. Strukturada matrista, ro'yxat, ishoralar tizimi, ko'rsatkich kabi matematik va dasturchilik terminlari uchrab turadi. Ma'lumotlarni tashkil qilishning batafsilligi bo'yicha keyingi darajasida mutaxassislar ma'lumotlar fayllari strukturasi va ularinng bevosita formatlari bilan ish ko'radilar. Muayyan MBning tashkil qilinish darajasi har bir loyiha uchun yagona hisoblanadi. GATda axborotni tashkillashtirish va ishlash GAT, qolaversa, har qanday boshqa axborot tizimi singari kiradigan ma'lumotlarni keyinchalik ashyoviy shaklda realizastiya qilish maqsadida ishlash va tahlil qilishning rivojlangan vositalariga egadir. 2.2-rasmda GATning tahliliy ishlashi sxemasi keltirilgan. Birinchi bosqichda ham geografik (raqamli kartalar, tasvirlar), ham atributiv axborotni kollekstiya qilish amalga oshiriladi. To'plangan ma'lumotlar ikkita ma'lumotlar bazalarining to'ldirilishi bo'ladi. Birinchi MB kartografik ma'lumotlarni saqlaydi, ikkinchisi esa ta'rifiy tavsifdagi axborot bilan to'ldirilgan. Ikkinchi bosqichda fazoviy ma'lumotlarga ishlov berish tizimi talab etilgan axborotga ishlov berish va uni tahlil qilish uchun ma'lumotlar bazalariga murojaat qiladi. Bunda butun jarayon ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimining (MBBT) nazorati ostida bo'ladi., uning yordamida jadvalli va statistik axborotni tez izlash ishini amalga oshirish mumkin. Albatta, GAT ishining bosh natijasi turli kartalar hisoblanadi. Geografik va atributiv axborot o'rtasida bog'lanishni tashkil qilish uchun o'zaro ta'sirning to'rtta yondashuvi qo'llaniladi. Birinchi yondashuv georelyastion yoki, boshqacharoq ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
614.87 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
614.87 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:37 ]
Arxiv ichida: doc