Geoaxborot tizimini modellashtirish va geotahlilning umumiy usullari Reja: 1.Hududiy tahlil 2.Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash vazifalari 3.Sirt modellarini yaratish va raster tasvirlari tahlili 4.Rel'efning raqamli modelini yaratish Hududiy tahlil Turizmni rejalashtirish hamisha muayyan geografik hududga bog'liq bo'lib, bu hududlar turistlik faoliyat uchun qiziqish uyg'otishi va turistlik imkoniyatlar hamda o'ziga xos xususiyatlar va tafsiyalarga turistlik resurslarga boy bo'lmog'i kerak. Turizmni rejalashtirish turizmga bog'liq bo'lmagan o'zga hududlardan alohida ajralib turishi va muayyan turistlik rejalarni amalga oshirish, ularni nazorat qilish, bu ishlarning kelajagini bashorat qilish yoki o'zgarishini ko'ra bilish kabi aniq siyosatni olib borish imkoniyatlariga ega bo'lishi lozim. Turistlik muhitni rejalashtirishning mohiyati turizmni rivojlantirish uchun foydalanishga yaroqli bo'lgan hududni va sharoitlarni yaratish, hududga xos turistlik imkoniyatlar va infrastrukturaga tayanishdan iboratdir. Turistlik sohani samarali rivojlantirishning muhim shartlaridan biri bu hududni kelajakda doimiy saqlash va undan unumli foydalanish kafolatini yaratishdir. Bugungi kundagi turizmning samarali rivojlantirish xuddi jamiyatning istiqbolini rivojlantirish kabi Umumjahon tabiatni saqlash uyushmasining konsepsiyasida keltirilgan ustuvor taraqqiyotni g'oyasiz tasavvur qilish qiyin. Bu taklifni quyidagicha ifodalash mumkin: mustahkam ustuvor taraqqiyot bu shunday jarayonki, undagi rivojlanish turistlik muhit resurslariga o'zini salbiy ta'sirini ko'rsatmaydi va ularni ishdan chiqarmaydi, provardida taraqqiyotga yaxshi imkoniyat yaratiladi. Bu jarayonda resurslar shunday boshqariladiki, ular qanday tezlikda foydalanilayotgan bo'lsa, o'shanday darajada yangilanib boriladi yoki sekin yangilanadigan resurslarni tezroq yangilanib turiladigan resurslarga o'tkaziladi. Resurslarga ana shunday yondashilsa ular bugungi avlod tomonidan xam istiqbolda xam unumli foydalanilishi mumkin. Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash vazifalari Yuqorida aytilgandek, hamma atributiv ma'lumotlarni bitta jadavalda saqlash shart emas. Har xil manbalarning axborotlarini turli jadvallarda saqlagan holda bitta katta jadvalga mantiqan birlashtirish mumkin. Buning uchun barcha jadvallarga bir xilda ustun tanlanadi - obyekt tartib raqami yoki identifikatori, ya'ni har bir jadval o'zining dastlabki ustuniga (indeksiga, kalitiga) ega bo'lishi kerak - jadvaldagi ustunlar yoki ustunlar to'plami ushbu jadvalda keltirilgan ma'lumotlarni bir xilda ta'riflab boshqalardan farqlaydi. Jadvallar orasidagi bog'lanish birinchi jadvalga ikkinchi jadvaldagi indeks qiymatiga ega bo'lgan ustunni qo'shish bilan hosil qilinadi. SHu sababli xohlagancha katta hajmli ma'lumotlarni maxsus dasturiy vositalar yordamida birlashtirish imkoniyati yaratiladi. YOzuvlarni tanlash, ularni guruhlash, birlashtirish, saralash, shuningdek, foydalanuvchi talabiga binoan ma'lumotlar bazasida izlashdek o'ta dolzorb ishlarni bajarish imkoni paydo bo'ladi. Bular esa foydalanuvchiga katta qulayliklar yaratadi, chunki ma'lumotlar bazasini qayta qurish talab qilinmaydi, faqatgina dastlabki jadvallardan birini yangilash talab qilinadi, xolos. Mantiqiy aloqadorlik quyidagicha amalga oshiriladi - bir jadvaldagi obyektning atributiv ma'lumoti belgilansa, boshqa barcha jadvallarda ham bu ma'lumot belgilanadi. Bunday uslub bilan bir qancha jadvallarni nafaqat mantiqan, balki amalda bitta katta jadvalga keltirish, ―bir-biriga biriktiribǁ bog'lash mumkin. Lekin ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
525.58 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
525.58 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:37 ]
Arxiv ichida: doc