Gis haqida umumiy maluotlar Reja: GYeOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI (GIS) GIS tasnifi GYeOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI (GIS) Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GIS ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to'g'ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo'ldi. Kartalar yaratishning Qog'ozli deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. GISning ta'riflari Hozirgi paytga kelib GISning 20 dan ortiq ta'rifi mavjud bo'lib, ularning har biri o'zicha etiborga loyiq. Internet va davriy ravishda chop etilayotgan ilmiy jurnal va adabiyotlarda GISning qo'yidagicha ta'riflari keltirilgan: 1. Alber R. GIS - bu geografik ma'lumotlarini saqlash, ularga ishlov berish va natijalarni tasvirlay oladigan apparat-dasturli vosita va inson faoliyatidan iborat bo'lgan majmuadir. 2. Berry J. GIS - bu ichki pozitsionirlangan avtomatik fazoviy axborot tizimi bo'lib, ma'lumotlarni kartografik tasvirlash, taxrir qilish va boshqarish uchun yaratiladi. 3. Clarce K.C. GIS - bu fazoviy taqsimlangan hodisalar, jarayonlar va voqealarni kuzatishda nuqtalar, chiziqlar va maydonlar ko'rinishida bo'lgan manbalarning ma'lumotlar bazasidan iborat bo'lgan axborot tizimining maxsus holatidir. GIS tasnifi Eng ko'p tarqalgan tasnif bizningcha qo'yidagi xossalarga asoslangan bo'lishi kerak: - maqsadiga ko'ra - foydalanish sohasi va hal etayotgan masalalari va vazifalari bo'yicha; - muammoli-mavzuli yo'nalishiga ko'ra - qo'llanish sohasi bo'yicha; - qamrab olgan hududiga ko'ra - mazkur GIS ma'lumotlari bazasini tashkil etadigan raqamli kartografik ma'lumotlar masshtablari qatori bo'yicha; - geografik ma'lumotlarni tashkil etish usuliga ko'ra - kartografik ma'lumotlarni EHM xotirasiga kiritish formati, saqlashi, ishlov berishi va tasvirlashi bo'yicha. Bugungi kunda GISni qo'llayotgan soha va tarmoqlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Yer resurslarini boshqarish, yer kadastrida. 2. Ishlab chiqarish infratizimi, ularni boshqarish va obyektlar inventarizatsiyasida. 3. Shahar qurilishida, arxitektura, sanoat va transport qurilishini loyihalashda, muhandislik izlanishlarida va rejalashtirishda. 4. Istalgan soha bo'yicha mavzuli kartalashtirishda, atlaslar va mavzuli kartalarni tuzishda. 5. Dengiz kartografiyasi va navigatsiyasida. 6. Aeronavigatsion kartalashtirishda va havo kemalari harakatini boshqarishda. 7. Suv resurslarini boshqarish va suv kadastrida; suv obyektlarining inventarizatsiyasi va suvning mavsumiy va yillik holatlari hamda bashoratlashda. 8. Navigatsiya va yer transporti harakatini boshqarishda. 9. Masofadan turib zondlash va kosmik monitoringda. 10. Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni boshqarishda (suv, o'rmon xo'jaligi va boshqalarda). 11. Joy relefini tasvirlash va tahlil qilishda. 12. Tabiiy muhitdagi jarayonlarni modellashtirish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarni olib boishda. 13. Atrof muhit monitoringida, texnogen oqibatlarni baholashda, favqulodda va krizisli vaziyatlarni hal etishda. 14. Ekologik muammolarni belgilab, dolzarbligini baholashda va ularni bartaraf etish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.56 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.56 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:37 ]
Arxiv ichida: pptx