Geometrik modellashtirish asoslari Reja: DModel va modellashtirish. D2D modellashtirish haqida tushuncha. Geometrik modellashtirish. Model va modellashtirish. Model lot. modulus- nusxa, namuna degan ma'nolarni anglatib, modellashtirish - namuna yoki nusxa yaratish degan ma'nolarni anglatadi. Ya'ni modellashtirish shunday bir nusxa namunani yaratishni talab etadiki ushbu nusxa haqiqiy (real) obyekt haqida to'liq yoki etarli darajada axborot berishi, tasavvur berishi lozim. Turli soha mutaxassislari o'z faoliyatlarida turli modellardan foydalanadilar. Shu jihatdan ham modellashtirish turlicha bo'lib: matematik modellashtirish, kompyuterda modellashtirish, raqamli modellashtirish, molekulyar modellashtirish, statistik modellashtirish, tizimli modellashtirish kabi ko'plab turlari mavjud, ammo har qanday modellashtirish jarayoni uchta elementdan iborat: subyekt (tadqiqotchi); Tadqiqot obyekti; Tadqiqotchi subyekt va tadqiqot obyekti munosabatlarini akslantiruvchi model'. Har qanday model' quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: Adekvatlik, ya'ni model'ning real obyekt haqida axborot berishi, uning ahamiyatli xususiyatlarini o'zida namoyon etishi, akslantirishi; Aniqlik, ya'ni modellashtirish asosida olingan natijalarning real obyektga qanchalik darajada mos kelishi va etarli bo'lishi. Bunda real obyekt haqidagi dastlabki axborotlar model qurish uchun etarli bo'lishi kerak; Universallik, ya'ni model'ning bir turdagi masalalarni yechimini topishda qo'llanilishi, betakrorligi; Bu narsa model'ni keng ko'lamdagi masalalar yechimini topishda qo'llanilishini ifodalaydi. Maqbullik, maqsadga muvofiqlik - ya'ni model' kamxarajat bo'lishi, ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarmasligi lozim. Modellashtirish bir nechta bosqichlardan iborat bo'lib, asosan uchta bosqich ahamiyatlidir. Bular: Birinchi bosqich original obyekt haqida ma'lum bir bilimlarga ega bo'lishni talab etadi. Ya'ni modellashtiriladigan obyekt haqida qanchalik ko'p ma'lumot mavjud bo'lsa modellashtirish jarayoni shunchalik oson kechadi. Ikkinchi bosqichda model'ning o'zi mustaqil tadqiqot obyekti sifatida qaraladi. Tadqiqotning bunday usulida model' analiz qilinadi, eksperimentdan o'tkaziladi va kutilayotgan natijalar bilan solishtiriladi. Uchinchi bosqichda model'da tadqiq qilingan bilimlar original obyektga ko'chiriladi. Ya'ni model' berayotgan axborot original obyekt bilan solishtiriladi va haqqoniyligi tekshiriladi. 2D modellashtirish haqida tushunchasi. 2D tushunchasi butun dunyoda va ilmiy adabiyotlarda keng ommalashgan bo'lib d harfi inglizcha dimension (o'lcham) so'zining bosh harfi bo'lib 2D - ikki o'lchamli ma'nosini anglatadi. Kundalik hayotimizda olib boradigan yozma axborotlarimizning aksariyati 2D asosida olib boriladi. Ya'ni oddiy qog'oz varog'i ikki o'lchamli bo'lib shu qog'oz 2D modellashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Yozma axborotlarni o'zi 2D bo'la olmaydi, lekin unda keltiriladigan grafik axborotlar (sxemalar, grafiklar, fotosuratlar, chizmalar) 2D asosida bajarilgan hisoblanadi. Har qanday muhandis-loyihachi 2D modellashtirish asoslarini mukammal bilishi zarur. Geometrik modellashtirish. Fazoviy obyektlarni geometrik elementlar va o'lchamlar asosida modellashtirish geometrik modellashtirish deyiladi. Bunda obyektlarning fizikaviy, kimyoviy, biologik xususiyatlari e'tiborga olinmaydi. Geometrik modellashtirishni amalga oshirish yoki undan foydalanish uchun ma'lum bir bilimlarga ega bo'lish lozim. Geometrik modellashtirishning birinchi bosqichi. Geometrik modellashtirish uchun elementar geometriya, chizma geometriya ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
109.84 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
109.84 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:37 ]
Arxiv ichida: doc