RYeJA : 1. Gipermatn to'g'risida tushuncha. 2. HTML bilan bog'liq asosiy tushunchalar. 3. HTML dokument tuzish prinsiplari. 1. Gipermatn to'g'risida tushuncha. Gipertekst g'oyasi 1945 yilda AQSH prezidentining ilmiy maslahatchisi Vanevar Bush tomonidan kiritilgan bo'lib, u o'sha vaqtda Memex (memeks) elektromexanik informatsion tizimini yaratish taklifi bilan chiqqan, lekin uning taklifi inobatga olinmagan. 20 yildan so'ng, yani 1965 yilda Teodor Nelson gipertekst terminini fanga kiritdi va chiziqsiz matnlar bilan bog'liq bazi g'oyalarni amalga oshirdi. 1968 yilda sichqoncha manipulyatori asoschisi D.Yenjilbard (Doug Engelbart) tipik gipermatnli interfeysdan iborat (sistema) tizim asosida o'z ishini namoyish qildi va bu namoyish telekommunikatsiya tizimidan foydalanilgan holda o'tkazildi. Biroq u o'z tizimini aniq ravshan qilib tushuntirib bera olmadi. 1975 yilda gipermatn g'oyasi ZOG nomini olgan atom avianosetsi(samolyotlar uchishi va qo'nishi uchun moslangan harbiy kema) Karl Vinston ning ichki tartib informatsion tizimida o'z aksini topdi.Tijorat variantida bu tizim KMS nomi bilan tanilgan. Ushbu yo'nalishdagi ishlar davom etaverdi va vaqt o'tishi bilan Apple firmasining HyperCard turi yoki Xerox firmasining HyperNode turi amalda qo'llanila boshladi. 1987 yilda Hypertext'87 ixtisoslashgan birinchi konferensiya bo'lib o'tdi. Nelson 1987 yil ma'lumotlarning gipermatn taxrirlovchisini tuzib chikdi. Jeneva TSERN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Berners Li 1989 yil gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o'zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, Halkaro axborot tarmogi - World Wide Web (WW) ga poydevor kuyildi. 1993 yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chikildi va u Netscape korporatsiyasiga o'tib Netscape brauzerini ishlab chikdi. 90 yillar o'rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun qo'llanila boshlandi. Biroq, bu borada turli muammolar: tarmoq; kanallarini ortikcha yuklash va axborotni himoyalash mavjud edi. Gipermatnli informatsion tizim g'oyasining shunisi ahamiyatliki , bunda foydalanuvchi dokumentlarni (ma'lumotlarni) kitob o'qishdagidek ketma-ketlikda emas, balki o'ziga yoqqan tarzda ko'rib chiqishi mumkin. Shuning uchun ham T. Nelson gipermatnnichiziqsiz matn sifatida talqin etdi. Bunga matnlarning turli sahifalarini bog'lovchi maxsus mexanizm gipermatnli ssilkalar yordamida erishiladi, yani oddiy matnda keyingisi-avvalgisi tarzidagi ssilkalar mavjud bo'ladi, gipermatnlarda bo'lsa qancha kerak bo'lsa shuncha ssilkalar tuziladi. Mutaxassislarning gipermatn bo'yicha eng yoqtirgan misollariga ensiklopediyalar, Help sistemasi kabilar kiradi. Birinchi ko'rinishda oddiy tuyuladigan ssilkalar yaratish mexanizmi etarlicha qiyin hisoblanadi, chunki statistik ssilkalar, dinamik ssilkalarni dokument bilan bir butunlikda yoki uning alohida qismlari bilan, yani kontekst ssilkalar tuzish mushkul. Bunday yondashishning keyingi rivoji gipermatn tushunchasining boshqa informatsion resurslar hisobiga- grafikani, audio va videoinformatsiyadan gipermedia tushunchasigacha bo'lganlarni hisobga olgan holda kengayishiga olib keladi. Shunday qilib, gipermatn - bu nostrukturaviy erkin o'sayotgan bilimni tasvirlash texnologiyasidir. Gipermatn zamirida ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
176.42 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
176.42 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:37 ]
Arxiv ichida: ppt