Global tarmoqlarning o'ziga hos xususiyatlari va zarurligi. Windows operatsion tizimining oynalari va ular bilan ishlashga misol

Global tarmoqlarning o'ziga hos xususiyatlari va zarurligi. Windows operatsion tizimining oynalari va ular bilan ishlashga misol

O'quvchilarga / Informatika va AT
Global tarmoqlarning o'ziga hos xususiyatlari va zarurligi. Windows operatsion tizimining oynalari va ular bilan ishlashga misol - rasmi

Material tavsifi

REJA: Global tarmoq(Internet) haqida tushuncha. 2. Internetning paydo bo'lishi. 3. Internetga bog'lanish turlari. 4. Operatsion tizimlar, ularning vazifasi,tarkibi va asosiy funksiyalari 5. Microsoft Word: hujjat xususiyatini va sahifalari parametrlarini sozlash. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli kit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Global tarmoq - dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq bu tarmoq Internet deb ham yuritiladi. Internet - bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmg'ogi. Elektron kommuniksiya hozirgi zamonda kata ahamiyat kasb etmoqda. Axborot oqimlarining ko'p marta oshib borish sharoitlarida tadbirkorlik firmalari, bank strukturasi, davlat korxonalari, boshqa tashkilot va ularning xodimlarini o'zaro aniq ishlashini zamonaviy telekommunikatsiya va aloqa vositalarisiz, axborot va kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Internet o'zi nima ? Internet - bu jahon tarmoqlari majmuidir. Uning juda ham ko'p imkoniyatlari mavjud. Internet (Internatsional Network - xalqaro kompyuter tarmog'i) - butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog'idir. hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq malakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 7-11% ortib bormoqda. Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o'quv guruhlariga xizmat qilgan bo'lsa, hozirgi kunga kelib u ishlab chiqarish doirasida xam keng qo'llanilmoqda. Kompaniyalarni Internet tarmog'ining tezkorligi, arzonligi, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda ma'lumotlarning noyob bazasi uziga tortmokda. Internet ning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma'lumotgacha bilib olish mumkin. Ayniqsa, kommunikatsiyaga muhtoj shaxslar, tashkilotlar, muassasalar uchun ko'pincha telefon orqali to'g'ridan to'g'ri aloqaga nisbatan Internet infrastrukturasidan foydalanish ancha arzon tushadi. Bu ayniqsa, chet ellarda filiallari mavjud bo'lgan firmalari mavjud bo'lgan firmalar uchun juda qulaydir, chunki Internet ning konfidetsial noyob aloqalari butun dune bo'yicha imkoniyatga ega. Shu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan boshlab bosma nashrlarni kompyuter tarmog'i kanali orkalitarkatish boshlandi Shu yerda internetning paydo bo'lish tarixiga qisqacha to'xtalib o'tamiz. 1969 yilda AQSH mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligiga mamlakatdagi barcha harbiy muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq harbiy mutaxasislarga axborot almashishga yordam ko'rsatishga mo'ljallangan edi. Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish(ulardan foydalanish), fayl va habarlarni yelektron aloqa orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar oldiga ishonchli ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishlab chiqganda xam o'sish qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o'ta chidamli» tarmoqni yaratish masalasi qo'yilgan edi. Internetning paydo bo'lishi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.86 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:37 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.86 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga