Grafik komponentalar Reja: Delphi multimedia imkoniyatlari Animate Komponentasi Grafik rejim (TPrinter obyekti) Grafik rejim (TPrinter obyekti) Image komponentasi formaga rasmlarni joylashtirish uchun ishlatiladi. Joylashtirilishi lozim bo'lgan rasmlar bitli fayllar (kengaytmalari Bmp), piktogrammali (kengaytmalari .Ico), metafayllar (kengaytmalari wmf) bo'lishi kerak. Image komponentasi Additional palitrasida joylashgan bo'lib, u ko'rinishdagi piktogrammaga ega. Bu tugmachani bosib formadan rasm uchun joy ajratiladi va keyin esa xossalar bo'limidan Picture xossasi tanlanib, u yerdan uch nuqtali tugmacha bosiladi. Natijada ekranda rasmni aniqlash va joylash uchun muloqat darchasi ochiladi. Muloqat darchasi quyidagi tugmachalarga ega: Load -fayldan rasmni chaqirish; Save -rasmni faylga saqlash; Clear -tanlangan rasmni olib tashlash; Ok -tanlangan rasmni ajratilgan joyga yozish; Cancel -qilingan o'zgartirishlarni bekor qilish. Shape komponentasi formaga aylana, to'rtburchak, ellips va boshqa shakllarni joylashtirish uchun ishlatiladi. Uning quyidagi xossalari mavjud: Brush -shaklni bo'yash uchun cho'tkacha; Pen -shakl chetini chizish uchun qalam; Shape -ekranga chiqadigan shaklni aniqlaydi: StRectangle -to'rtburchak; StSquare -kvadrat; StRoundRect -chetlari aylana to'rtburchak; StRoundSquare -chetlari aylana kvadrat; StEllipse -ellips; StCircle -aylana. Shape komponentasi ham Additional palitrasida joylashgan bo'lib, u ko'rinishdagi piktogrammaga ega. Bu tugmachani bosib formadan shakl uchun joy ajratiladi va keyin esa xossalar bo'limidan Shape xossasiga kirilib kerakli shakl tanlanadi. PaintBox komponentaci formaga chegaralangan maydonda shakllarni chizish imkonini beradi. PaintBox komponentasi System palitrasida joylashgan bo'lib, u ko'rinishdagi piktogrammaga ega. Bu tugmachani bosib formadan shakl uchun joy ajratiladi va keyin esa xossalar bo'limidan Shape xossasiga kirilib kerakli shakl tanlanadi. Timer vizual bo'lmagan komponenta bo'lib, formada bajariladigan malum bir operatsiyalarni vaqt bo'yicha boshqaradi. Timer komponentasi System palitrasida joylashgan bo'lib, u ko'rinishdagi piktogrammaga ega. Bu tugmachani bosib formaga olib kelib qo'yiladi. U quyidagi xossalarga ega: Enabled -true qiymati o'rnatilgan bo'lsa u bo'ladigan jarayonga ta'sir qiladi; Interval -millisekundlarda vaqt intervalini aniqlaydi va jarayonning ekranga chiqishiga ta'sir ko'rsatadi. Tegmagan holda 100 (1 sekund) ko'rsatadi. M i s o l. Ilova uchun zastavka yaratish. Ye ch i sh Zastavka grafik tasvirlar ko'rinishida bo'lib, programmalar ishga tushirilganda bir necha sekunddan so'ng ekranda paydo bo'ladi. Unda programma nomi va uning avtorlari haqida ma'lumot bo'lishi mumkin. Grafik tasvirni, yani .bmp kengaytmaga ega bo'lgan faylni grafik muharriri yordamida tayyorlaymiz. Delphi sistemasini ishga tushirishdan avval tuziladigan ilovani saqlash uchun o'zimizga papka tashkil qilamiz. 1.Oldin tuzilgan biror bir ilovani ochamiz yoki yangi ilova tashkil etamiz. 2.Bosh menyudan grafik muharrirni ishga tushiramiz: Tols=Image Editor. (Bu Delphi grafik muxariri oddiy Paint grafik muharriridan uncha katta farq qilmaydi) 3.Delphi grafik muxariri Image Editor menyusidan File=New=Bitmap File(.bmp) buyrug'i beriladi. Natijada ekranda rasm paramertlarini berish uchun muloqat darchasi paydo ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.51 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.51 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:38 ]
Arxiv ichida: doc