Grafika rejimida ekran holatlari hamda turli xil figuralar ko'rish, matnlar yozish va xatoliklar tahlili Reja: Turbo-Paskalning grafik rejimida ekran holati; Displeyni grafik rejimga o'tkazish; nuqta chiziq va ranglar; Turli xil figuralar; Grafik rejimdagi matnlar; Ekran sohalari; Xatolar tahlili; Graph moduolining protsedura va funksiyalari. Barcha programmalash tillari kabi Paskal tili xam, dasturchiga fakat matnli axborotlar bilangina emas, balki grafik ma'lumotlar bilan xam ishlash imkoniyatini yaratadi. Graph moduli turli xil displey adapterlari (CGA,EGA,VGA,MCGA,Hercules,PC3270,ATT6300 va IBM8514)ning grafik rejimlarini tulik boshqarish imkoniyatini yaratuvchi saksondan ortik protsedura va funksiyalarning kutubxonasini ifoda etadi. 1. Turbo-paskalning grafika rejimida ekran holati Malumki, ekran turtburchak maydon bo'lib, juda ko'p nuqta(Pixel)lardan tashkil topgan. Grafik ekran ishchi maydon va bordyur (ekranning chetki kismi)dan iborat bo'ladi. Grafik rejimda ekrandagi barcha nuqtalarning ranglarini uzgartirib chiqish mumkin (eslatib utamiz, matnli rejimda bu mumkin emas). Turli rangga buyalgan nuqtalar yordamida chiziqlar, matnlar va boshqa har xil tasvirlar hosil kilinadi. Ekran turiga karab ranglar soni turli xil bo'lishi mumkin, eng kami bilan esa 2 xil rang bo'ladi. Kompyuter ekrani yoki matnli rejim yoki grafik rejim holatida bo'ladi. Bir vaqtning uzida ekranning bir kismi grafik rejimda, bir kismi matnli rejimda bo'lishi mumkin emas. Chunki ekranda kurinayotgan barcha tasvirlar video xotiradagi ma'lumotlarning aksi - tasviridir. Ekranning grafik yoki matnli rejimlariga karab, videoxotiradagi ma'lumotlar turlicha bo'ladi. Videoxotira, yorulik trubkasining kontrolleri, kirish-chiqish portlari va x.k. lar bitta platada joylashadi va displey adapteri deb ataladi. Amalda bir necha xil displey adapterlari mavjud bo'lib, ular quyidagi kusatkichlari bilan bir-biridan farq qiladi : - ekranning tasvirni ko'rsatish sifati; - ekranda bir vaqtda ko'rsatish mumkin bo'lgan ranglar soni. kuyida amalda keng tarkalgan videoadapterlar sanab utilgan: CGA(Color Graphics Adapter) ; MCGA(Multi Color Graphics Array); EGA(Enhanced Graphic Adapter); VGA(Video Graphics Array). Kompyuterda qanday adapterning urnatilishiga qaramay Turbo-Paskalning protsedura va funksiyalaridan tulik foydalanish mumkin. Ularni o'zaro sozlashuvi avtomatik tarzda kechadi. Bu sozlashlarni grafik drayverlar deb ataluvchi maxsus programmalar bajaradi. Drayverlar *.BGI kengaytmasi bor bo'lgan fayllarda joylashgan. Misol uchun, EGA va VGA adapterlari bilan ishlash uchun zarur drayverlar EGAVGA.BGI faylida,CGA va MCGA adapterlariga mos drayverlar esa CGA.BGI faylida joylashgan. Turli xil drayverlarni ko'rsatish uchun Graph modulida quyidagi uzgarmaslar aniqlangan: const Detectk0;Drayverni avtomatik tarzda aniqlash CGAk1; MCGAk2; EGAk3; EGA64k4; EGAMONOk5; IBM8514k6; HERCMONOk7; ATT400k8; VGAk9; PC327k10. Graph modulida grafik rejimlarni ko'rsatish uchun esa quyidagi uzgarmaslar aniqlangan (CGA,EGA va VGA adapterlari uchun); const CGAC0k0; 320x200 ta nuqta, 4 xil rang CGAC1k1; 320x200 ta nuqta, 4 xil rang CGAC2k2; 320x200 ta nuqta, 4 xil rang CGAC3k3; 320x200 ta nuqta, 4 xil rang ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.96 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.96 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:38 ]
Arxiv ichida: doc