Grafika va multimediani dasturlash tizimlarida qo'llash. C++da grafik holatida ishlash uchun maxsus graphics.h fayli mavjud. Bu direktiva o'zgarmaslar, o'zgaruvchilar va turli qism dasturlardan tashkil topgan bo'lib, ular yordamida turli grafik adapterlar bilan har xil tasvirlar chizish mumkin. Grafik holatiga o'tilganda ekran alohida-alohida nuqtalarga bo'linadi. Grafik holatidan yana matn holatiga o'tish kerak bo'lsa, closegraph( ) funksiyasi ishlatiladi. Matn holatidan grafik holatiga o'tish uchun maxsus protseduradan foydalaniladi: initgraph (gd, gm, path ); bu yerda: gd - drayver nomi; gm - rejim nomi; Path - kerakli drayver faylining yo'li. Ko'pincha gd=0 deb olinadi. Tasvirlarni chizish uchun mo'ljallangan protsedura va funksiyalar putpixel (x, y, color) - x va y koordinatadagi nuqtani color rangda chizish; getpixel (x, y) - x va y koordinatadagi nuqtaning rangini aniqlaydi; line (x1, y1, x2, y2) - x1 va y1 koordinatadagi nuqtadan x2 va y2 koordinatadagi nuqtagacha kesma chizish; circle (x, y, r) - markazi x va y koordinatada va radiusi R bo'lgan aylana chizish; rectangle (x1, y1, x2, y2) - yuqori chap nuqtasi x1 va y1 koordinatada, o'ng pastki nuqtasi x2 va y2 koordinatada bo'lgan to'g'rito'rtburchakni chizish; lineto (x, y) - joriy nuqtadan x va y koordinatali nuqtagacha kesma chizish; setbkcolor (color) - orqa fonga rang berish; setcolor (color) - chizish rangini o'rnatish (rangli qalam); Bu yerda color - rang nomeri yoki nomi. Agar rang nomi yoziladigan bo'lsa, uni katta harflarda yoziladi. setfillstyle (style, color) - bo'yash usul va rangni o'rnatish. Bu yerda style - o'zgarmas kattalik bo'lib, u quyidagicha bo'lishi mumkin: 0 - sohani fon rangi bilan to'ldirish; 1- sohani rang bilan uzluksiz to'ldirish; 2 - qalin gorizontal chiziqlar 3 - ingichka og'ma chiziqlar 4 - yo'g'on og'ma chiziqlar 5 - yo'g'on og'ma chiziqlar (boshqa stil) 6 - og'ma yo'llar 7 - to'rtburchakli chiziqlar 8 - og'ma to'rtburchaklar 9 - zich og'ma shrtixlar 10 - siyrak nuqtalar (u yer - bu yerda) 11 - zich nuqtalar bilan. floodfill (x, y, color) - joriy rang va usuldan foydalangan holda chegaralangan sohani bo'yash. Bu yerda x va y - shu sohaga tegishli bo'lgan biror nuqta koordinatasi. Avval rang, turi keyin chizmalar ko'rsatiladi. Masalan: setcolor (4); qizil rangli qalam, chegara rangi setfillstyle (1, 2(color)); 1-tur bilan yashil rang bilan bo'yash circle (50, 50, 35); radusi 35 bo'lgan aylana chizish floodfill (50, 50, 4); aylana ichiga rang bilan to'ldirish, bo'yaladigan chegara rangi rangli qalam bilan bir xil bo'lishi kerak Takrorlash uchun savollar C++ tilining grafik imkoniyatlari. Tasvirlarni hosil qiluvchi funksiyalar. Tasvirlarni ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
80.1 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
80.1 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:38 ]
Arxiv ichida: pptx