GSM standarti GSM standartidagi ko'chma aloqaga 1980 yilgi tavsiyasiga muvofiq 890-960 MGts diapazonda chastota spektri ajratilgan. Ko'chma stansiyalar uzatgichlariga 890-915 MGts diapazon va tayanch stansiyalar uzatgichlariga 935-960 MGts diapazon ajratilgan. GSM standartida tor polosali ko'p stansion foydalanish (NB TDMA) kombinatsion usul qo'llaniladi. Kadr tuzulishida 124 ta tashuvchilarining har biriga ajratilgan 8 ta vaqt pozitsiyalari bor (hammasi 124x8=992). GSM standarti Ko'chma stansiyalarning kichik tezlikda harakatlanishdagi ko'chuvchi kodlash samaradorligini aloqa seansi jarayonida ishchi chastotalarni asta sekin sekundiga 217 sakratib o'zgartirish yo'li bilan oshiriladi. GSM standartida minimal chastotaviy siljishli Gauss chastota bo'yicha manipulyatsiya (GMSK) ishlatiladi. So'zlashuv signalining umumiy o'zgartirish tezligi - 13 kbits. GSM standartida aloqaning maxfiyligini ta'minlash maqsadida ochiq kalitli algoritm bo'yicha shifrlash qo'llaniladi. GSM standarti GSM standartida qabul qilingan funksional sxema PLMN - Public Land Mobile Network PSTN - Public Switched Telephone Network ISDN - Integrated Services Digital Network GSM standartida TDMA kadrlar tuzilishi TDMA da ketma-ketlikning davr uzunligi giperkadr deyiladi va u Tg = 3 soat 28 min. 53 s 760 ms (12533,76 s) ga teng. Giperkadr davomiyligi Ts = 12533,762048 = 6,12 s 2048 ta superkadrga bo'linadi. Har xil turdagi axborotni aloqa kanali bo'yicha uzatish va boshqarish uchun to'rt turdagi vaqt intervallari mavjud: 1. NB (Normal Burst) - normal vaqt intervali; 2. FB (Frequency Correction Burst) - chastotani sozlash vaqt intervali; 3. SB (Synehronization Burst) - o'rnatish intervali; 4. AB (Access Burst) - ruxsat intervali. GSM standartining interfeyslari. Har bir sotali aloqa standartida bir necha interfeyslar qo'llaniladi, ular har xil turda va har xil standartda bo'lishi mumkin. MS bilan BTSni, BTS bilan MSni o'zaro aloqa bog'lash uchun o'zlarining interfeyslari ko'zda tutilgan (GSM standartida BTS qabul qilgich uzatgichni BSC kontrolleri bilan bog'lash uchun alohida interfeys ishlatiladi). Kommutatsiya markazi xonadon registri bilan, mehmon registri bilan, qurilma registri bilan, statsionar telefon tarmog'i bilan va boshqalar bilan ham o'zlarining interfeyslari bilan bog'lanadi. MS bilan BTS orasida o'zaro almashish interfeysi efir interfeysi yoki radiointerfeysi (air interface) deb nomlanadi MSga istalgan turli hil firmalarda yaratilgan BTS bilan bemalol o'zaro ishlash imkoniyatini tug'diradi, shu tufayli kompaniya - operatorlar uchun qulay va rouming tashkil qilishda ham zarurdir. Samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida radioaloqa kanaliga ajratilgan chastota polosasini mumkin qadar efir interfeys standartlari juda puxta loyihalashtirib ishlab chiqariladi. GSM standartida ishlatiluvchi chastotalar polosasi. GPRS - (General Packet Radio Service) kanallar kommutatsiyasi bilan birgalikda GSM radiointerfesining umumiy fizik resursini ishlatadi. GPRSni GSM tarmog'iga qurilgan texnologiya sifatida ko'rish mumkin. Bu sotali bitta fizik muhit kanallarni kommutatsiya qilish bilan nutq uzatish uchun ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.05 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:38
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.05 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:38 ]
Arxiv ichida: ppt