Har xil faoliyat sohalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanish xususiyatlari

Har xil faoliyat sohalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanish xususiyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Har xil faoliyat sohalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Har xil faoliyat sohalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanish xususiyatlari REJA 1. BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA UNING QO'LLANISHI? 2. BLOKCHEYN ISHLASH TAMOYILI. 3. BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASIDAN TURLI TARMOQ SOHALARIDA FOYDALANISH XUSUSIYATLARI Blokcheyn nima? Blokcheyn texnologiyasi va uning qo'llanishi. Blokcheyn ( ing.blockchain-bloklar zanjiri )- ma'lum qoidalarga ko'ra tuzilgan uzluksiz ketma-ket, axborotdan iborat bloklar zanjiri. Bloklar - tizim ichidagi tranzaksiyalar, bitimlar va shartnomalar to'g'risidagi kriptografik shaklda namoyon bo'lgan ma'lumotlardir! Bloklar o'rtasidagi aloqa nafaqat raqamlanish bilan, balki har bir blok o'z xesh-summasi va oldingi blok xesh-summasidan iboratligi bilan ta'minlanadi. Blokdagi ma'lumotni o'zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni ham tahrir qilishga to'g'ri keladi. Ko'pincha bloklar zanjirlari nusxalari ko'plab turli kompyuterlarda bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda saqlanadi. Bu bloklarga kiritilgan ma'lumotlarni o'zgartirishni g'oyat qiyinlashtiradi. Har bir axborot bloki bir xil tuziladi: u tarmoqda uning shakllanishidan oldin bo'lgan barcha o'zgarishlar haqidagi ma'lumotni o'z ichiga oladi. Blokcheyndagi bloklar va ularning o'zaro aloqasi Bitkoin blokcheynini ko'rib chiqamiz. Har bir blok quyidagi ma'lumotlardan iborat: Blok versiyasini; Blok yaratilishi sanasi va vaqti; Blok sarlavhasi xesh-kodi; Blokdagi barcha tranzaksiyalar xesh-kodi; Mayningda yoziladigan maxsus Nonce va Bits parametrlari. XESH-KOD Blok sarlavhasi xesh-kodi Bu blokcheyn zanjiridagi oldingi blokni keyingisi bilan bog'laydigan narsadir. U keyingi blok sarlavhasiga oldingi blok 19 xesh-kodi deb yoziladi. U Myorkl daraxti(Merkle tree) yoki xeshlar binar daraxti sifatida ma'lum bo'lgan algoritmdan foydalanib hisoblab chiqariladi. Bunday blok zanjirga kiritilishi bilan, keyinchalik uni o'zgartirib bo'lmaydi$ Blokcheynning asosiy tamoyillari Markazsizlantirish va taqsimlangan ravishda saqlash Insonlar hayotining u yoki bu sohasiga taalluqli har qanday ahamiyatli ma'lumot biron joyda saqlanadi. Uy yoki mashina xarid qilish, kredit olish, pul o'tkazishlar - ushbu amaliyotlar haqidagi barcha ma'lumotlar davlat muassasalari va xususiy kompaniyalar serverlarida qayd qilinadi va markazlashgan holda joylashtiriladi. Bu ko'pincha suiste'mollikka olib keladi - hohlaganda har qanday bazaga kirib, unga o'zgartirishlar kiritish mumkin. Xavfsizlik va himoyalanganlik Yuqorida so'z yuritilgandek, har qanday markazlashgan ma'lumotlar bazasini buzib, unga o'zgartirishlar kiritish mumkin. Blokcheyn bilan bu imkonsizdir. Bloklardan birini buzib, undagi ma'lumotlarni o'zgartirish mantiqsiz, chunki barcha bloklarni buzishga to'g'ri keladi, buning uchun esa ulkan hisoblash quvvatlari lozimdir - chunki yangi bloklar oldingi bloklar haqidagi ma'lumotlarni shifrlangan holda o'zida saqlaydi. Ochiqlik va shaffoflik Butun baza omma uchun ochiq, shu bois u yoki bu blok ma'lumotlarini istagan kishi ko'rishi mumkin. Bir foydalanuvchi boshqasiga pul o'tkazishi - bu haqda esa har bir kishi bilishi mumkin. Ammo kim kimga pul o'tkazgani - sirligicha qoladi. Ushbu ma'lumot almashuvning bevosita ishtirokchilariga ko'rinadi, agar ular o'zlari uni ommaga oshkor qilishni istamasalar. Yozilganlarning o'zgarmasligi Yangi ma'lumotlarni yozib olish uchun blokcheyn tugunlari konsensusi lozim ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.29 MB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.29 MB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga