Himoyalash tizimining kompleksliligi

Himoyalash tizimining kompleksliligi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Himoyalash tizimining kompleksliligi - rasmi

Material tavsifi

Himoyalash tizimining kompleksliligi Reja: 1. Elektron to'lovlar tizimi asoslari. 2. Identifikatsiyalovchi shaxsiy nomerni himoyalash. 3. POS tizimi xavfsizligini ta'minlash. 4. Bankomatlar xavfsizligini ta'minlash. Himoya tizimining kompleksliligiga undan huquqiy, tashkiliy, muhandis-texnik va dasturiy - matematik elementlarining mavjudligi bilan erishiladi. Elementlar nisbati va ularning mazmuni tashkilotlarning axborotni himoyalash tizimining o'ziga xosligini va uning takrorlanmasligini hamda buzish qiyinligini ta'minlaydi. Aniq tizimni ko'p turli eementlardan iborat, deb tasavvur qilish mumkin. Tizim elementlarining nafaqat uning o'ziga xosligini, balki axborotning qimmatliligini va tizimning qiymatini hisobga olgan holda belgilangan himoya darajasini aniqlaydi. Axborotni huquqiy himoyalash elementi himoyalash choralarining haqli ekanligi manosida tashkilot va davlatlarning o'zaro munosabatlarini yuridik mustahkamlash hamda personalning tashkilot qimmatli axborotini himoyalash tartibiga rioya qilishi va ushbu tartibni buzilishida javobgarligi tasavvur qilinadi. Elektron to'lovlar tizimida axborotlarni himoyalash. Elektron to'lovlar tizimi asoslari. Elektron to'lovlar tizimi deb bank plastik kartalarini to'lov vositasi sifatida qo'llanilishidagi usullar va ularni amalga oshiruvchi subyektlar majmuasiga aytiladi. Plastik karta - shaxsiy to'lov vositasi bo'lib, u mazkur vositadan foydalanadigan shaxsga tovar va xizmatlarni naqdsiz pulini to'lash, bundan tashqari bank muassasalari va bankomatlardan naqd pulni olishga imkon beradi. Plastik kartani to'lov vositasi sifatida qabul qiluvchilar, savdo va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar, bank bo'limlari hamda boshqalar shu plastik kartalarga xizmat ko'rsatuvchi qabul qiluvchilar tarmog'ini tashkil etadi. Elektron to'lovlar tizimini yaratishda plastik kartalarga xizmat ko'rsatish qonun-qoidalarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish asosiy masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Ushbu qoidalar nafaqat texnikaviy (ma'lumotlarni standartlash, uskunalar va boshqalar), balki moliyaviy masalalar (korxonalar bilan hisoblarni bajarish tartibi) ni ham qamrab oladi. Elektron to'lovlar tizimining faoliyatini quyidagidek tasavvur qilish mumkin. Elektron to'lovlar tizimi bilan birgalikda faoliyat ko'rsatadigan bank ikki, yani bank-emitent va bank - ekvayer toifasida xizmat ko'rsatadi: Bank - emitent plastik kartalarni ishlab chiqaradi va ularning to'lov vositasi sifatida qo'llanilishiga kafolat beradi. Bank - ekvayer savdo va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qabul qilingan to'lovlarni bank bo'limlari yoki bankomatlar orqali amalga oshiradi. Hozirgi kunda avtomatlashtirilgan savdo POS(Point-Of-Sale- sotilgan joyda to'lash)-terminali va bankomatlar keng tarqalgan. POS- terminalda plastik kartadan ma'lumotlar o'qiladi va mijoz o'z PIN- kodi (Personal Identification Number-identifikatsiyalovchi shaxsiy nomer)ni kiritadi va klaviatura orqali to'lov uchun zaruriy qiymat teriladi. Agar mijozga naqd pul kerak bo'lsa, bu holda u bankomatdan foydalanishi mumkin. Ushbu jarayonlarni bajarishda jarayonlar markazi imkoniyatlaridan foydalaniladi. Jarayonlar markazi - maxsuslashtirilgan servis tashkilot bo'lib, bank - ekvayerlaridan yoki xizmat ko'rsatish manzillaridan keladigan muallif so'rovnomalarini va tranzaksiya protokollarini qayta ishlashni ta'minlaydi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jarayonlar markazi ma'lumotlar bazasini kiritadi. Bu ma'lumotlar bazasi to'lov tizimi, bank a'zolari va plastik karta ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.83 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.83 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga