Hisoblagichlar. Ularning sxemalari va ishlash prinsiplari

Hisoblagichlar. Ularning sxemalari va ishlash prinsiplari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Hisoblagichlar. Ularning sxemalari va ishlash prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Hisoblagichlar. Ularning sxemalari va ishlash prinsiplari Reja: 1. Hisoblagichlar va ularning klassifakatsiyasi Jamlovchi hisoblagich Ayiruvchi hisoblagich Reversiv hisoblagich Hisoblagichlarni triggerlar asosida sintez qilish 1. Hisoblagichlar va ularning klassifakatsiyasi Hisoblagichlar- ketma-ket qurilma bo'lib, kirish yo'liga berilgan impulslar sonini hisoblash va saqlash uchun xizmat qiladi. Hisoblagichlar bir nechta belgalar bo'yicha klassifikatsiyalanadi. Ularni alohida ko'rib chiqamiz. Hisob yo'nalishi bo'yicha: a) yig'iluvchi; b) ayiruvchi; v) reversiv. 2. O'tish (perenos) sxemalarini tashkil etish yo'li bo'yicha: a) ketma-ket perenosli hisoblagichlar; b) to'g'ridan to'g'ri (skvoznoy) perenosli hisoblagichlar; v) Parallel perenosli hisoblagichlar; g) Kombinirlashgan perenosli hisoblagichlar. 3. Perenos koeffitsiyenti bo'yicha: a) ikkilik; b) ikkilik-o'nlik; v) ixtiyoriy doimiy qayta hisoblash koeffitsiyenti; g) hisobning o'zgaruvchan koeffitsiyenti bilan va h k. 4. Hisoblagichning sinxronizatsiya asosida holatini o'zgartirish bo'yicha: a) asinxron; b) sinxron. 2. Jamlovchi hisoblagich Jamlovchi hisoblagichda barcha razryadlar uchun umumiy sinxronizatsiya mavjud emas. Razryadlarning yangi holatga o'tishi impulslar beriladigan kirish yo'lidan boshlab ketma-ket va razryadma -razryad amalga oshiriladi. Jamlovchi hisoblagichlarda barcha razryadlar uchun sinxronizatsiya mavjud emas, razryadlarning yangi holatga o'tishi kirish razryadiga beriladigan impulsdan boshlab birin ketin razryadma-razryad bajariladi. Uning sxemasi quyigagi ko'rinishga ega: Ketma-ket perenosli asinxron jamlovchi hisoblagich Ketma-ket perenosli asinxron jamlovchi hisoblagichning vaqt diagrammasi Diagrammadan ko'rinib turibdiki, hisoblagichni istalgan razryadining holatini o'zgarish belgisi -bu oldingi razryadning (yoki kirish signalining) 1 holatdan 0 holatga o'tishidadir. Shuningdek, agar barcha oldingi razryadlar 1 holatdan 0 holatga o'tgan taqdirdagina katta razryad 1 holatga o'tadi. Vaqt diagrammasidan ko'rinadiki, hisoblagichni o'rnatish vaqti t ketma-ket o'tayotgan razryadlar soniga bog'liqdir va N-razryadli hisoblagich uchun quyidagi oraliqda o'zgaradi: Impulslar kelishining maksimal chastotasi (fmax) birinchi trigger ulanishining chegaraviy chastotasi bilan aniqlanadi. Hisoblagichning asosiy yutug'lari-mikrosxemalarning soni minimal bo'lganida va elektr aloqalarning soni kamligidadir. Uning kamchiligi-tezligining pastligidir. 3. Ayiruvchi hisoblagich Ayiruvchi hisoblagich T-trigger asosida qurilishi mumkin. Buning uchun, oldingi razryaddagi invers chiqish yo'llarini keyingi hisob kirish yo'liga ketma-ket ulash orqali qurish mumkin: Ketma-ket perenosli sinxron ayiruvchi hisoblagich T-triggerlar kirish signalining manfiy fronti orqali yoki oldingi triggerning invers chiqish yo'lidagi signal orqali o'tadilar. Bu musbat frontga to'g'ri keladi. Ketma-ket perenosli asinxron ayiruvchi hisoblagichning vaqt diagrammasi Vaqt diogrammasida DD2 i DD3 triggerlarning holitini o'zgarishi Q1 i Q2 musbat front chiqishi bilan sinxronlashtirilgan. Shunday qilib, yig'uvchi va ayiruvchi hisoblagichlarning yagona farqi-bu kichik razryadlardan katta razryadlarga perenos zanjirini tashkil etilishidadir. 4. Reversiv schetchik Reversiv hisoblagich - bu hisob yo'nalishini boshqaradigan hisoblagichdir. Uning sxemasi pastki rasmda keltirilgan. Reversiv hisoblagichni qurish uchun razryadlar orasida mantiqiy sxemani qo'shish shart. Chunki u, ikkichi va keyingi triggerlarning hisob kirish yo'llarini oldingi razryadlarning Q (qo'shish) yoki (ayirish) chiqish yo'llari bilan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 68.46 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 68.46 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga