Hisoblash jarayonlarini algoritmlash. Kompyuterning dasturlash tillari

Hisoblash jarayonlarini algoritmlash. Kompyuterning dasturlash tillari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Hisoblash jarayonlarini algoritmlash. Kompyuterning dasturlash tillari - rasmi

Material tavsifi

Hisoblash jarayonlarini algoritmlash. Kompyuterning dasturlash tillari Reja: Chiziqli hisoblash jarayoni algoritmi va uning umumiy tuzilishi Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonining algoritmi va uning umumiy tueilishi Takrorlanuvchi hisoblash jarayonini algoritmi va uning umumiy tuzilishi Ich-ichiga joylashgan takrorlashlar algoritmi 5. Dasturlash tillari haqida tushunchalar 6. Dasturlash tillarining turkumlanishi 7. Mashinaga bog'liq va bog'liq bo'lmagan tillar 1. CHiziqli hisoblash jarayonini algoritmlashda qaysi ko'rinishdagi algoritmdan foydalanish maqsadga muvofiqligini bilish uchun algoritmlar turkumlanishini tahlil qilib, ular orasidagi aniq kontruktsiyaga ega bo'lganini ajratib olishga harakat qilamiz. YUqorida biz magazinga xarid qilish uchun kirish ketma-ketligi, ya'ni harakat zanjirini algoritmini ko'rgan edik. Bu algoritmni qo'shimcha shart qo'shib birmuncha boshqacharoq tuzamiz: agar magazinda bizga kerakli narsalar bo'lmasa nima qilish kerak va bizning harakatimiz qaysi yo'nalishga o'zgaradi. SHunday qilib, birinchi holda biz chiziqli algoritmga ega bo'lamiz, ikkinchi holda esa - tarmoqlangan algoritmga, bunda shartga asosan bir necha harakat ketma-ketligi (harakat yo'nalishi) bo'lishi mumkin. Blok-sxemali shaklda ifodalash usulidan foydalanib, bu algoritmlarning tuzilish qoidasini ko'rib chiqamiz. CHiziqli algoritmda mantiqiy shartlar yo'q va u bitta hisoblash shoxchasiga egadir. Hisoblash shoxchasi hisoblash yo'nalishi deb ataladi. CHiziqli algoritm bloklarini bir-biri bilan bog'langan chiziqli ketma-ketlik ko'rinishida tasvirlanadi. CHiziqli algoritmni shartli tasvirlanishi quyidagicha bo'ladi: (bunda a1, A2, A3, An -har-xil harakatlar): 2. Tarmoqlangan algoritm bir va bir necha mantiqiy shartlarnn o'z ichiga oladi va bir nechta hisoblash shoxchalariga ega. Grafik tasvirlashda mantiqiy shartlar mantiqiy blok ichiga yoziladi va ikkita Ha va Yo'q chiqishiga ega bo'lgani uchun ikkita hisoblash shoxchasini tashkil etadi. Har bir shoxcha bo'yicha harakatlanganda keyingi mantiqiy blokni uchratish mumkin, bu blok ham ikkita shoxchaga ega va xakozo. Tarmoqlangan algoritm murakkab strukturasi daraxtni ildizi bilan tepaga qaralganini eslatadi. Faqat bitta narsani esda tutish kerak. Algoritm sodda yoki murakkab strukturaga ega bo'lishidan qatiy nazar bitta tamom blokiga egadir. Hamma shoxchalar, harakat qaysi shoxchadan boshlangandan qatiy nazar oxirida bir joyda uchrashishi kerak, ya'ni har doim tamom blokiga chiqishi shart. Bizga ma'lumki, maktabda birinchi sinfda o'qituvchi arifmetik amallarni bajarish, so'zlarni, gaplarni yozish qoidalari to'g'risida gapirib bergan. Har xil berilgan ma'lumotlar uchun bitta qoidani juda ko'p marta ishlatish mumkinligini tushunganmiz. Masalan: har qanday sonlar uchun qo'shish qoidasi to'g'riligi, egani turlanishida aniq qo'shimchalarni qabul qilish qoidasi va hakozo. Bu holda biz ko'p marotaba ishlatiladigan algoritmga duch kelamiz. Xuddi shunday algoritmlar takrorlanuvchi algoritm deb nom olgan. CHunki kompyuterning asosiy vazifasi insonni aql ishlatmaydigan faoliyatidan, ya'ni bir formula orqali hisoblashlardan, bir xil matnni ko'p marotaba bosib chiqarishdan ozod qiladi. SHuning uchun takrorlash algoritmini tuzishni aniq qoidasini tushunish, esda saqlash juda ham zarurdir va uni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.14 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.14 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga