Hisoblash texnikasidan foydalanishning tashkiliy shakllari Hisoblash texnikasidan foydalanishning tashkiliy shakllari Reja: Hisoblash texnikasi - hisoblash jarayonlarini, axborotlarni to'plash, saqlash va uzatish masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui; texnikanng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan shug'ullanadigan tarmog'i. Hisoblash texnikasi Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr. Vaqtni hisoblash, yer maydonlarining sathini aniqlash, savdosotiq hisoblari va boshqa yumushlar bilan bog'liq masalalar qadimdan ma'lum. Hisoblashlarni mexanizatsiyalashtiruvchi dastlabki sodda qurilmalar - abak, xitoy cho'ti va oddiy hisoblash masalalarini yechish qoidalari miloddan avvalgi vujudga kelgan. Neper shkalasi, logarifmik lineyka, B.Paskalning (Fransiya) arifmetik mashinalariga o'xshash hisoblash qurilmalari 17-asrdayoq ma'lum edi. Analitik mashina 18- 19-asrlardagi sanoat inqilobi Hisoblash texnikasi rivojlanishiga turtki bo'ldi. 1833 yilda ingliz olimi Ch.Bebbij arifmetik va xotira qurilmali dasturli boshqariladigan katta arifmometr - analitik mashina loyihasini ishlab chiqdi, lekin uning loyihasi 100 yil dan keyingina muhanlislar diqqatini o'ziga jalb qildi. MARK-1 1944 yil AQSH da elektromagnit releda ishlaydigan MARK-1 dasturli boshqariladigan raqamli hisoblash mashinasi (RHM) qurildi. Davomi 20-asr 40-yillarida dasturli boshqariladigan elektron RHMning yaratilishi Hisoblash texnikasi taraqqiyotida keskin burilish yasadi. Keyinchalik RHMning texnik parametrlari takomillashti-rilib borildi, ularning ishlash tezligi va xotira hajmi bir necha marta orttirildi. MESM 1950 yilda Ukraina FA akademigi S.A.Lebedev rahbarligida birinchi elektron RHM MESM (kichik elektron hisoblash mashinasi) qurildi. Elektron hisoblash mashinasi Elektron texnikasining rivojlanishi Hisoblash texnikasi ning tez takomilla-shishiga sabab bo'ldi. Dastlabki EHM lari lampali bo'lgan, keyinchalik ular yarimo'tkazgichlardan tayyorlana boshladi. Bunday EHMlarning bir necha avlodi yaratildi. Hozir asosan kompyuterlar ishlatiladi (qarang Kiber-netika). Axborotlarni qayta ishlash tizimlarida, kemalar, samolyotlar, kosmik obyektlar va boshqalarning koordinatlarini tez va aniq belgilashda, kutubxonalardagi jarayonlarni va bibliografik ishlarni mexanizatsiyalashda, bank, omonat kassalar va boshqa moliya muassasalarining ishlarni markazlashtirishda Hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi. O'zbekistonda Hisoblash texnikasiga doir ijtimoiy tashkiliy ishlari Kibernetika instituti, O'zbekiston milliy universiteti, Toshkent texnika universitetida olib boriladi. Global iqtisodiyot axborot va kommunukatsion texnologiyalarga asosiga qurilgan bo'lib, boshqa sharoitda mavjud bo'la olmaydi. Yangi texnologiyalar qisqa vaqt ichida kapitallarni dunyo bo'ylab, bitta milliy hudud iqtisodiyotidan ikkinchi milliy hudud iqtisodiyotiga o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lib, milliy institutlarini bir tarmoqqa birlashtiradi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotining muhim xususiyati - uning globallashuvidir.Bir necha asrlik o'zaro bog'liq iqtisodiyotidan farqli ravishda , global iqtisodiyot real vaqt rejimida butun planeta masshtabida mavjud bo'ladi va faoliyat ko'rsatadi. E'tiboringiz uchun rahmat! ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.22 MB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.22 MB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:38 ]
Arxiv ichida: pptx