Hisoblash texnikasini ishlatishning tashkiliy usullari Reja: EHMni individual va kollektiv bo'lib ishlatish usullari va ularning asosiy xususiyatlari. EHMni markazlashgan, markazlashmagan va aralash usulda ishlatish usullari. Hisoblash markazlari, kollektiv bo'lib ishlatiluvchi hisoblash markazlari va hisoblash tarmoqlari. Hisoblash tarmoqlarining asosiy turlari. Yulduzsimon, aylanma, chiziqli, aralash, lokal, regional va global hisoblash tarmoqlari. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari haqida tushuncha. Avtomatlashtirilgan ish joylari haqida tushuncha. Informatsiya yig'ish, kayd qilish, tayyorlash va uzatish vositalari haqida tushuncha. EHMni individual va kollektiv bo'lib ishlatish usullari va ularning asosiy xususiyatlari. Sizga malumki, hozirgi paytda EXM larning juda ko'p xil turlari mavjud va ular barcha sohalarda xam ishlatiladi. Lekin shu munosabat bilan bir savol tug'iladi: Xilma xil kompyuterlar amaliyotda bir xil usullarda ishlatilishi kerakmi yoki ularni hisoblash quvvatiga va turiga qarab xilma-xil usullarda ishlatgan maqulmi? Bu usullar jumlasiga qanday foydalanish holatlari kirishi mumkin? tashkilot yoki firma bunday usullarni qo'llaganda qanday ijobiy va qanday salbiy holatlarga duch kelishi mumkin deb o'ylaysiz? EHMni individual va kollektiv bo'lib ishlatish mumkin. EHM bilan ta'minlanish darajasiga va EHMning ishlash tezligiga bog'liq holda undan individul, yani yakka holda, hamda kollektiv bo'lib foydalanish mumkin. Yuqori unumli EHMlardan samarali foydalanish uchun ulardan kollektiv bo'lib foydalaniladi. hozirgi zamon personal kompyuterlaridan esa asosan individual holda foydalaniladi. Kompyuterdan individual holda foydalanish usulining o'ziga xos ustunligi va kamchiliklari bo'lib, u bir tomondan past samara berishi mumkin, lekin foydalanuvchi uchun qulay sharoit yaratiladi va ortiqcha xatoliklarga yo'l qo'yilmaydi. Hisoblash vositalaridan kollektiv bo'lib foydalanganda undan foydalanish samaradorligi ortadi. Hisoblash sistemasidagi bazi qimmatli qurilmalarni ko'plab xarid qilishga xojat qolmaydi. Masalan: hisoblash sistemalari yoki tarmoqlaridagi bir yoki bir necha printer ko'plab kompyuterlarga xizmat qilishi mumkin, yoki hisoblash tarmoqlariga xizmat ko'rsatuvchi serverning katta xotirasi shu tarmoqdagi boshqa kompyuterlarning xotira qurilmasiga bo'lgan ortiqcha talabini qondirishi mumkin. EHMni kollektiv bo'lib ishlatishning quyidagi usullari mavjud: markazlashgan, markazlashmagan va aralash usuldagi hisoblash va informatsion sistemalaridan kollektiv bo'lib foydalanish; hisoblash markazlari va kollektiv bo'lib ishlatiluvchi hisoblash markzlaridan (VTsKP) foydalanish; hisoblash tarmoqlaridan kollektiv bo'lib foydalanish. EHMni markazlashgan, markazlashmagan va aralash usulda ishlatish usullari. Qanday holatlarga EXMni markazlashgan usulda ishlatish deb va qanday holatlarga markazlashmagan usulda ishlatish deb tushunasiz? Fikringizni misollar yordamida tushuntirishga harakat qiling va natijasini darsda talabalar hamda o'qituvchingiz bilan birgalikda muxokama qiling. EHMni markazlashgan usulda ishlatish deganda, yuqori unumli EHM resurslaridan unumli foydalanish uchun unga turli terminallarni ulab ishlatish tushuniladi. Bu terminallar avtonom ishlashi mumkin bo'lgan kompyuter, faqat markaziy EHMga bog'liq holda ishlashi mumkin bo'lgan, o'z tashqi xotira qurilmasiga ega bo'lmagan kompyuter yoki abonent punkti qurilmalari bo'lishi mumkin. Bunda EHM barcha qurilmalar ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.16 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.16 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:38 ]
Arxiv ichida: doc