Hisoblash texniкasining istiqbollari, informatiкa fanining predmeti va vazifalari Reja: 1. Hisoblash texnikasining tarixi 2. Informatika fanining maksad va vazifalari 3. Informatikaning paydo bo'lishi rivojlanishi va uning tuzilishi 1. Xozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotining asosi bo'lmish hisoblash texnikasidan ishlab-chiqarishning turli iqtisodiy vazifalarini xal etishda keng foydalanilmoqda, chunki juda ko'p faktorlarni xisobga olish, ulkan xajmdagi axborotlar bilan ishlash zaruriyati- bunday masalalarni elektron mashinalarsiz xal etishga imkon bermaydi. Hisoblash texnikasi yordamida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish, tartibga solish, hisob va hisobot hamda taxlil ishlari keng xal qilinmoqda. Shuning uchun ham hisoblash texnikasi keng joriy etilishi munosobati bilan, bu texnikalardan mustaqil foydalana oladigan mutaxassislarga talab oshib bormoqda. Natijada korxonani boshqarish uchun zarur bulgan texnik-iqtisodiy axborotlarni o'z vaqtida tayyorlash murakkab ishlardan bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham bunday ishlarni avtomatlashtirish zaruriyatlari paydo bo'lmoqda. Vaholanki bir necha asrlardan buyon insoniyat hisob ishlarini mashinalar yordamida bajarishga urinib kelgan. Pirovard natijada 1642 yili buyuk fransuz fizigi Paskal matematikaning ikki amalini (qo'shish va ayirish) bajaradigan dastlabki mexanik hisoblash mashinasini yaratdi. IBM PC apparaturasi va dastur maxsulotlari loyixalari e'lon qilingandan keyin kompyuterlarni takomillashtirish ustida izlanishlar kengaydi. Bu esa o'z navbatida IBM firmasining mashxurligini oshirib yubordi. 1984 yili IBM firmasi INTEL firmasining 80286 mikroprosessori bazasida yangi kompyuter yaratdi. Dastur maxsulotining asosiy qismini MICROSOFT firmasi ishlab chiqarmoqda. Кeyingi yillarda IBM tipidagi kompyuterlarning ko'pchiligi Tayvan, Singapur va Janubiy Кoreya mamlakatlarida ishlab chiqarilmoqda. Eng qimmatbaho va sifatli kompyuterlar AQSh va Evropa mamlakatlarida yig'ilmoqda, lekin ularning ham extiyot qismlari Osiyo mamlakatlarida tayyorlanmonmoqda. Xozirgi kungacha IBM tipidagi 80086, 80286, 80386, 80486 hamda 80586 yoki Rentium deb ataluvchi mikroprosessorli kompyuterlar ishlab chiqarilgan. 3. EHMlar bir-biridan texnik harakteristikalari, mantiqiy tashkil etilishi bilan, elementlar bazasi bilan, programma ta'minoti bilan farqlanadi. EHMlarning rivojlanish jarayonida asosiy omillaridan biri, mashinalarning foydali ish koeffisentini oshirishga harakat bo'lgan. Yuqorida qayd etilgan va boshqa harakteristikalarga asoslangan xolda EHMlarni shartli ravishda avlodlarga bo'lish qabul qilingan. EHMlarning texnik iqtisodiy ko'rsatkichlarining o'zgarib turishi ularning qurilmalarida ishlatiladigan elektron sxemalarga bog'liq bo'lib, EHMlarning elementar bazasi, avlodlarning kriteriyasi bo'lib xizmat qiladi. : Birinchi avdod EHMlarning elementar bazasi bo'lib, elektron lampalar hisoblanadi. Bu avlod mashinasining paydo bo'lishi 50-yillarga to'g'ri keladi. Bu avlod mashinalariga misol qilib, BESM-1, Minsk-1, Ural-1, Ural-2, M-1, M-2, Strela mashinalarini keltirish mumkin. Ularning operasiya bajarish tezligi sekundiga 2-3 ming operasiyani tashkil qilib, operativ xotira xajmi 4 Кbayt bo'lgan. Ikkinchi avlod mashinalarining elementlar bazasi bo'lib, tranzistorlar xizmat qilgan. Elektron sxemalar sifatida yarim o'tkazgichlarning ishlatilishi EHMlarning operativ xotira xajmi va ish bajarish tezligini sezilarli darajada oshirdi. EHMlarning og'irligi, o'lchami va elektr manbaiga extiyoji ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
515.11 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
515.11 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:38 ]
Arxiv ichida: pptx