8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 1-mavzu Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy, ham amaliy asosga ega ekanligini ko'rish mumkin. Amaliy asos o'sha davrda texnika erishgan yutuqlar bo'lsa, nazariy asos fanlar sohasida olingan natijalardir. Hisoblash texnikasi nazariy tomondan pozitsiyali sanoq sistemasining rivoji, qat'iy tartib-qoida va mantiq nazariyasiga asoslangan. Eramizdan avvalgi IV asrda yashab o'tgan Arastu (Aristotel) o'z asarlarida inson fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish usullarini tahlil etgan. Arastu (Aristotel) Hisoblash texnikasining rivojiga vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob, Hind hisobi haqida kitob va Qo'shish va ayirish haqida kitob asarlari orqali (IX asr) katta hissa qo'shganligini e'tirof etmaslik mumkin emas. Muhammad al-Xorazmiy Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr. Insoniyat hisoblashga ehtiyoj seza boshlaganda dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlardan foydalangan. Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo'l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Birinchi hisoblash vositalari eramizdan 6-5 asr avval foydalanilgan cho'pxat (ya'ni birka - belgi qo'yib biror narsa hisobi olib boriladigan tayoqcha, taxtacha) va eramizdan 5-4 asr avval yunonlar (qadimgi greklar) foydalangan abakdir. Cho'pxat Abakka o'xshash vosita boshqa xalqlarda ham foydalanilgan bo'lib, yaponlarda - serobyan, xitoylarda - suan-pan, ruslarda - cho't deb atalgan. Abak Serobyan Suan-pan Cho't Keyingi e'tiborli hisoblash vositalari bo'lib shotland matematigi Jon Neperning tayoqchalari (1617-yil), ingliz matematika o'qituvchilari - Vilyam Otredning doiraviy va Richard Delameynning to'g'ri burchakli logarifmik chizg'ich (1632-yil) loyihalari hisoblanadi. Neper tayoqchalari Logarifmik chizg'ich Mexanik mashinalar davri. Nemis matematigi Vilgelm Shikkard 1623-yili loyihalashtirgan moslamadan mexanik mashinalar davri boshlandi. Shikkard moslamasi Vilgelm Shikkard 1642-yilda fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal qo'shish va ayirish amallarini bajara oladigan Paskalina nomini olgan mexanik mashina yasadi. Paskalina 1642-1645-yillarda Paskal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod turlarini ixtiro etdi. Blez Paskal 1673-yilda nemis matematigi va fizigi Gotfrid Vilgelm Leybnits ikkilik sanoq sistemasi qo'llangan 4 amal bajara oladigan hamda ildiz chiqara oladigan mashina ixtiro etdi. 1944-yilda Govard Eyken Mark-1 nomli elektromexanik releli dastur asosida ishlaydigan mashina yasadi. Mark-1 Amerikalik muhandis Li de Fores 1907-yilda triod - electron vakuumli lampani kashf etdi. Hisoblash texnikasining keyingi rivojiga diod va triodning kashf etilishi katta ta'sir ko'rsatdi. Diod Triod Elektron hisoblash mashinalaridavri. 1946-yilda birinchi bo'lib AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Mouchli va Jon Ekkert 70 tonnaga yaqin og'irlikdagi, 300 kvadrat metr joyni egallagan, qariyb 18 00 ta elektron lampali ulkan elektron hisoblash mashinasi ENIAC (Electronic Numerical Integrator And Calculator)ni qurishdi. U sekundiga 300 ta ko'paytirish va 5 00 ta qo'shish amalini bajara olardi. Uning tezligi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.61 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.61 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:38 ]
Arxiv ichida: pptx