HTML formalar - rasmi

Material tavsifi

HTML formalar RYeJA: . Formalar haqida umumiy ma'lumot. . teglari. ma'lumotlarni kiritish INPUT elementi . BUTTON tugmasi . Ko'p satrli mantli maydon. TEXTAREA elementi. 1. Formalar haqida umumiy ma'lumot HTML formalar, foydalanuvchilar tomonidan, ma'lumotlarni kiritish va kiritilgan ma'lumotlardan keyinchalik foydalanish maqsadida tashkil qilingan. Formalar - matnli oynalar, tugmalar, bayroqchalar, ulagich(pereklyuchatel)lar va menyular kabi boshqariladigan elementlardan tashkil topishi mumkin. Formalar va teglari orasida joylashadi. Bazi xollarda foydalanuvchi bilan brauzer o'rtasida aktiv muloqat qilishga to'g'ri keladi, yani ma'lumotlarni kiritishga va tahrir qilishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda biz yuqorida aytganimizdek HTML hujjatning formalar deb ataluvchi bo'limidan foydalanamiz. Foydalanuvchi yuqorida ko'rsatilgan formalarni ma'lumotlar bilan to'ldiradi va uni qayta ishlash uchun serverga jo'natadi. Server bu odatda Web-server yoki elektron pochta serveri bo'lishi mumkin. Shunday qilib har qanday formaning asosiy qismi bo'lib uning boshqariladigan elementlari hisoblanadi. Bu elementlarning har biri o'z nomiga ega va bundan tashqari bu elementlar o'zining boshlang'ich qiymatiga hamda joriy qiymatiga ega. Elementning boshlang'ich qiymati uning birinchi hosil qilinishida yoki uning qaytadan o'rnatilishida (initsializatsiya) ekranda tasvirlanadi. Keyinchalik foydalanuvchi bu qiymatlarni o'zgartirishi mumkin. Foydalanuvchi tomonidan to'ldirilgan formaning qiymatlari «nom=qiymat» juftlik ko'rinishida qayta ishlanish uchun jo'natiladi. HTML formalar quyidagi boshqariladigan elementlardan foydalanadi: Tugmalar (buttons) Uchta turdagi tagmalar mavjud: Jo'natuvchi tugmalar - bu tugmalar yordamida formalar serverga qayta ishlash uchun jo'natiladi. Inkor etuvchi tugmalar - bu tugma bosilsa formaning hamma qiymatlari qaytadan boshlang'ich holatiga o'rnatiladi. Umumiy tugmalar - bunday turdagi tugmani bosganda shu tugmaga bog'langan protsedura ishga tushadi. Bayroqchalar (chekboxes) Bayroqcha - bu ikkita (tanlangan yoki tanlanmagan) holatga ega bo'ladigan element. Bayroqchalar input elementi yordamida hosil qilinadi. Ulagichlar (radiobuttons) Ulagichlar ham bayroqchalarga o'xshaydi, ammo bitta farqi shundaki hamma elementlari bitta nomga ega bo'ladi va shulardan bittasi tanlanadi. Ulagichlar ham input yordamida tashkil qilinadi. Menyular (menus) Menyu foydalanuvchiga bir nechta variantlardan bir yoki bir nechtasini tanlash imkoniyatini yaratadi. Menyu selest elementi yordamida optgrup va option lar bilan birgalikda tashkil qilinadi. Matn kiritish maydoni (text input) Matnni foydalanuvchi tomonidan kiritilishini amalga oshiruvchi ikkita element mavjud. input elementi bitta qatorli kiritishni ta'minlaydi. textarea - ko'pqatorli kiritishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Fayl selektori (file selest) Bu element yordamida biz serverga yuboradigan faylni tanlaymiz. Fayl selektori ham input elementi yordamida amalga oshiriladi. 2. teglari Formalar tashkil qilish form elementi yordamida amalga oshiriladi va biz uning umumiy ko'rinishi bilan tanishib chiqamiz. Umumiy ko'rinishi: Sintaksis : … (Blokli element) Atributlar: id, class, style, title, lang, dir,hodisa action = URL (formalarni qayta ishlash uchun ko'rsatilgan URL manzil) method ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 178.43 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 178.43 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga