Html sahifalari bilan boshqa fayllarning bog'lanishi Gipper murojaat tushunchasi Anker tushunchasi Rеja: 1. Web sahifalarga gipermurojaat haqida tushunchalar. 2. Web sahifalarda fon, rang va fon rasmi xususiyatlari, rang va o'lchov birliklarini qo'llashning standart qoidasi. 3. Obyekt tegi haqida tushuncha. Gipermatnli murojaatlar haqida tushuncha. Web sahifalarga gipermurojaat WW ning asosiy xususiyatlaridan biridir. Gipermatnli murojaat fragmentlari ko'k shriftda va ostiga chizilgan bo'ladi. Agar gipermatnni ustiga sichqoncha tugmasini bosib avtomat ravishda boshqa Web - sahifaga murojaat qilish mumkin. Masalan: http: ww. Google.ru Web-sahifalarga murojaat uchun …. tegi ishlatiladi. href kalit so'zi brauzerga murojaat qilayotganligi haqida xabar beradi. gipermatnli murojaat Web-sahifada o'tish nuqtasi boshqa matnlardan ajralib turishi uchun, uni ro'yxat tarkibiga kiritish ham mumkin. Gipermurojaat web-sahifada o'tish nuqtasida berilgan matnga sichqoncha parametrini olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Bu holda o'tish nuqtasidagi matn rangi o'zgaradi (odatda pushti rangga bo'yaladi). Keltirilgan misolda o'tish nuqtalari markerli ro'yxat tarkibiga kiritilgan. O'tish nuqtasi bilan o'tish joyi ekranda ko'rinib turgan bo'lsa, o'tish bajarilgani bilinmaydi. Gipermurojaat o'tish nuqtasidagi matn o'rniga yoki matn bilan birga rasm ham qo'yish mumkin. Buning uchun o'tish nuqtasidagi matn o'rniga tegi ishlatiladi. Mazkur teg yordamida qo'yilgan rasmni brauzer avtomatik ravishda o'tish buyrug'i bilan bog'laydi. Endi web-sahifada o'tish uchun matndan ham, rasmdan ham foydalansa bo'ladi. Masalan, HTML-hujjatga yozuvi kiritilsa, web-sahifada mypic.jpg rasm orqali 1-bobga o'tish mumkin bo'ladi. tegi yordamida nafaqat bitta web-sahifa ichida, balki bir web-sahifadan boshqa web-sahifalarga o'tishni ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun mazkur tegdagi manzil sifatida Internet tizimidagi biror web-sahifa manzilini, ya'ni URL-manzilni yozish kifoya. Masalan, Rambler.ru ga o'tish O'tishdagi manzil sifatida diskdagi web-sahifa faylining nomini yozsa ham bo'ladi va bu holda diskdagi web-sahifa ochiladi. Bu hususiyat tarkibiy web-sahifalar (web-saytlar) yaratish imkonini beradi. Tarkibiy web-sahifa- bir mavzuga bag'ishlangan, bir-biriga bog'liq va bir-biriga o'tish imkoni bo'lgan web-sahifalar majmui. Bitta mavzuni bo'laklarga bo'lib, har bir qism uchun alohida web-sahifa tayyorlash, ularning har birida bir-biriga o'tishni tashkil etish ortiqcha ishdek tuyulishi mumkin. Ammo buning quyidagi (asosiy) afzalliklari mavjud: Web-sahifadagi axborot hajmi qancha kam bo'lsa, uni tahrir qilish shuncha oson bo'ladi; Web-sahifadagi axborot hajmi qancha kam bo'lsa, uni o'qish (ko'rib chiqish) shuncha qulay; Web-sahifa faylining hajmi qancha kichik bo'lsa, uni Internet tarmog'idan o'qish shuncha tez amalga oshiriladi tegi yordamida elektron pochtaga ham ma'lumot yuborishni tashkil etish mumkin. Buning uchun pochta adresidan avval mailto (pochtaga) so'zi yoziladi, masalan: Fikr va mulohazalaringizni yuboring. Bu gipermurojaat ko'rinishidan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.58 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.58 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: doc