Html5 da bloklar CSS3 da o'zgaruvchan bloklar bilan ishlash DIV tegi va uning atributlari CSS3da bloklarning kengligi Rеja: 1. CSS3 da o'zgaruvchan bloklar bilan ishlash. 2. Blokning oraliq masofalari: Maging va Padding 3. CSS3 da bloklarning kengligi va balandligi tushunchasi. Web sohasida, blok tushunchasi juda kerakli termin hisoblanadi, saytning barcha brauzerlarda birxilda ochilishi, rasm va yozuvlarni o'ylaganingizdek namoyon bo'lishi aynan blok holatiga bog'liq. Bu maqoladan boshlab, blokga tegishli stillar xususiyatini ko'rib chiqamiz. Dastlab, umumiy blok nimaligini bilib olamiz. Blok bu - ma'lum bir chegaraga ega bo'lgan va alohida qism sifatida qaraladigan ma'lum bir axborotni o'zida saqlaydigan joydir. HTML gippermatn tilini oladigan bo'lsak, u yerda ham blok va qator elementlari tushunchasi bor. Blokli elementlar, alohida strukturaga ega bo'lib, to'rtburchak chegaraga bilan o'ralgan bo'ladi. Ikkita blokli elementni bir qatorga joylashtirib bo'lmaydi. HTML gippermatn tilida blokli elementga misol qilib, H1H6, P va DIV teglarini olish mumkin. Har safar bu teglarni ishlatganda, brauzer har biri uchun alohida qator ajratib beradi. Qatorli elementlarga esa, strong, em, i kabi teglarni misol qilish mumkin. Bu teglardan bir qatorda bemalol foydalansa bo'ladi. CSS stillar texnologiyasida ham blok tushunchasi mavjud va u ham o'z strukturasiga va to'rtburchak chegarasiga ega. Strukturali blok ichida qatorli blok ham bo'lishi mumkin(blok ichidagi yozuvlar), qatorli blok yozuv ko'rinishida ham bo'lishi mumkin, to'g'riroq etadigan bo'lsak, strukturali blok ichida ob'yektli blok bo'lishi mumkin. YUqoridagi nazariy ma'lumotlarni quyida bitta rasm orqali tushunish mumkin. Bloklarning o'z xususiyatlari bor, misol uchun, blok uzunligi(width), blok balandligi(height), chegarasi(border), Har bir blok qandaydir tashkil etuvchilardan iborat bo'lishi shart, ya'ni yozuv, rasm yoki boshqa axborot. Blokning bu qismi kontentdeb yuritiladi. Misol uchun P tegi uchun kontent yozuv hisoblanadi. Blok atrofida qandaydir boshqa blok yoki ob'yektlar bo'lishi mumkin, blokdan ulargacha bo'lgan masofaga margin kalit so'zi javob beradi. Blok ajralib turishi uchun, uning chegarasi bo'lishi lozim, bu chegaraga border javob beradi. Yuqoridagilardan tashqari blokning ichki bo'sh oralig'i bo'lishi mumkin, ya'ni blokdan blok chegarasigacha bo'lgan masofa, bu masofaga padding kalit so'zi javob beradi. Keyingi maqolalarda blokning shu xususiyatlarini birma-bir ko'rib chiqamiz, bu maqolani blok tushunchasiga ta'rif sifatida qabul qilasiz. Blokning oraliq masofalari: Maging va Padding Blokning o'z ramkasi(chegarasi)gacha bo'lgan oraliq masofa va ramkasidan atrofidagi biror ob'yektgacha bo'lgan masofa kabi xususiyati bor. Bu ikki oraliq masofani tushinish uchun quyidagi rasmni keltirib o'taman. Bu yerda blok sifatida biror blokli teg(p, div,) bo'lishi mumkin. Rasmdan ko'rinib turibdiki, blokdan o'z ramkasigacha bo'lgan masofa padding deb, blok ramkasidan biror ob'yekt(element) yoki element mavjud bo'lmasa hujjat oxirigacha bo'lgan masofa margin deb ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.27 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.27 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: doc