Hududiy ma'lumotlar modellari ma'lumotlar bazasi va ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi Reja: 1.Hududiy obyektlar turlari 2.Ijobiy va atributiv ma'lumotlar 3.Raster va vektorli ma'lumotlar modeli 4.Ma'lumotlar bazasi va ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi Hududiy obyektlar turlari Turistlik hududlar tushunchasi turistlik markazlashuvda o'zining rivojini topadi. Turistlik markaz bu - umumiy infrastrukturaga ega bo'lgan va turistlarga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq yagona hududda qulay joylashgan turistlik obyektlar majmuasidan iboratdir. Turistlik hududlar quyidagi turlardan iborat: Turistlarni jalb qiluvchi serquyosh o'lkalar va plyajlar tashkil qilish imkoniyatlari va sharoitlariga boy tropik ta'sirga ega bo'lgan hududlar turi; Ob - havosi yoqimli, sport mashqlari va o'yinlari o'tkazish imkoniyatlariga ega tabiat va qo'l mehnati bilan shug'ullanishga boy qishloqlar bo'lgan tabiati kam o'zgargan hududlar turi; Turistlarni muzeylarga, teatrlarga olib borish, arxitektura ansambllari bilan tanishish imkoniyatlarini beruvchi madaniy hududlar turi; Turistlarga dekorativ badiiy san'at va folklor bilan bog'lanish imkoniyatlarini tug'diruvchi antropologik hududlar turi; Parij, London, Rim, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi kichik va katta tarixiy markazlarga va ziyoratgoh maskanlarga ega bo'lgan shaharlar hududlari turi; Ijobiy va atributiv ma'lumotlar GISda ma'lumotlarni saqlashdan tashqari, ularni tasvirlash va ta'riflash uchun ma'lumotlar bazasini boshqaradigan maxsus tizimli dasturlar ham mavjud. 7-jadval Atribut Mohiyati Afsuski, bazani qayta qurish ishlarini barcha GISlarda ham bajarib bo'lmaydi. Masalan, ArcView dasturida ma'lumotlar bazasi tuzilgandan keyin, unga biror-bir oddiy jadval ustunini qo'shish va o'zgartirish mumkin emas. Bunday vaqtda foydalanuvchi ma'lumotlar keltirilgan jadval ustunini boshqa ko'rinishda saqlashi va tuzishi zarur. MapInfo GISida raqamlash bosqichining o'zida ixtiyoriy nuqtaning koordinatalari ko'rsatilgan, foydalanuvchidan yashirin holatda avtomatik ravishda ikki ustunli jadval hosil qilinadi: identifikator va nuqtaning koordinatalari yozilgan jadval. Bunday ma'lumotlarni saqlash jarayonida tizim boshqa grafikli obyektlarga va atributiv ma'lumotlarga jadvallar tuzadi. Jadvallarga o'zgartirishlar bevosita MapInfo bilan ishlash jarayonida kiritilishi mumkin. Jadvallarga ustun qo'shish yoki olib tashlash, ularning joylashish tartibini, nomini, turkumini va o'lchamini o'zgartirsa bo'ladi. Bu jadval va fayllarning mazmuni, ular bilan ishlash tartibi haqida keyingi bo'limlarda so'z yuritiladi. SHuni ta'kidlash joizki, grafikli obyektlar o'zicha, atributivlar o'zicha faoliyat ko'rsatadi, deb tushunmaslik kerak, aksincha, integratsiya shu darajaga etdiki, grafikli obyekt jismoniy jihatdan atributiv jadvalning bir ustuni bo'lib, boshqa ko'plab ustunlar esa amalda ma'lumotlar bazasi jadvalida ko'rinmaydi, lekin avtomatik ravishda kuzatilayotgan obyektning geografik ko'rsatkichlarini (uzunligini, perimetrini, yuzasini va h.k.) ifodalaydi. Ma'lumotlarning atributiv bazalari turli obyektlarni har xil ifodalab qolmasdan, balki fazoli talablarni bajarishda atributiv obyektni aniqroq farqlashga yordam beradi - eng oddiy holda biz kartadagi obyektni belgilasak, u haqida to'liq ma'lumotlarni (tartib raqamini, ismini, yoki nomini, o'lchamini va h.k.) olishimiz mumkin. Atributiv jadvallar orqali kartadagi obyektlar haqida kerakli axborotni olishni tashkil etish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
638.52 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
638.52 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: doc