Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 12-mavzu Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo'ladi. Ular, o'z navbatida, kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi - bu katak. Wordda katakni o'ziga xos mikrohujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar joylashtirish ham mumkin. Misol sifatida Wordda hosil qilingan quyidagi 3 ta ustunli va 4 ta satrli, kataklar soni 12 ta (3 · 4=12) bo'lgan jadvalni keltiramiz: Rasmi 1. 2. 3. Ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat, uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi. Qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo'lib boradi. Jadval joylashtirish uchun Joylashtirish (Вставка) tasmasining Jadval (Таблица) guruhidan Jadval tugmasi tanlanadi. Ochilgan tanlov oynasi quyidagi imkoniyatlarni tavsiya etadi: Jadval joylashtirish (Вставка таблицы) bo'limidan sichqoncha ko'rsat kichini 3 ta ustun va 4 ta satr ustida siljitib (belgilab) tanlaymiz va chap tugmasini bosamiz. Jadval joylashtirilsin (Вставить таблицу…) tugmasini tanlaymiz. Ochil gan Jadval joylashtirish (Вставка таблицы) muloqot oynasida ustun sonini 3, satr sonini 4 kabi tanlaymiz. Birinchi satr kataklariga, odatda, ustunlarda joylashgan ma'lumotlar uchun sarlavhalar, birinchi ustunga esa tartib raqamlari yoziladi. Jadval kataklari ma'lumotlar bilan to'ldiriladi. Buning uchun yurgich sichqoncha yordamida kerakli katakka joylashtiriladi va zaruratga qarab Tab yoki yo'nalish klavishlari yordamida boshqa kataklarga o'tiladi. Jadvaldagi ma'lumotlarning hajmiga qarab ustunlarning kengligi o'zgartiriladi. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichi ustunlarning chegara chizig'iga olib kelinadi. Jadval katagiga yurgich joylashtirilgach Jadval bilan ishlash (Работа с таблицами) kontekst-menyusi faollashadi. Bu kontekst-menyu 2 ta Konstruktor (Конструктор) va Maket (Макет) tasmalari bilan bog'langan. Konstruktor tasmasi katak ichini bo'yash, jadval uslublarini, jadval elementlari chegarasiga xos o'zgartirishlarni tanlash, jadval chizish hamda chiziqlarni o'chirish imkoniyatlarini beradi: Jadval kataklaridagi ma'lumotlarni alohida yoki birgalikda (blokka olib) formatlash mumkin. Bunda ma'lumotning joylashish usuli, o'lchamlari, chiziq rangi va ko'rinishi, kataklar fonining rangi va boshqalar Konstruktor va Maket tasmalari yordamida osongina bajariladi. Savol va topshiriqlar 1. Jadvalga misollar keltiring. 2. Jadval elementlari haqida so'zlab bering. 3. Matnli hujjatlarga jadvallar nima uchun joylashtiriladi? 4. Hujjatlarda jadval joylashtirish kerak bo'lgan joy qanday ko'rsatiladi? 5. Wordda hujjatlarga jadval joylashtirish usullarini amalda ko'rsatib bering. 6. Hujjatdagi jadvaldan qanday qilib nusxa ko'chiriladi? 7. Hujjatdagi jadvalni qanday qilib o'chirish mumkin? 8. Hujjatdagi jadval xususiyatlari qanday o'zgartiriladi? ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.26 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.26 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: pptx