Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash

Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Логотип 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 9-mavzu Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash Ayrim hujjatlarni tayyorlashda jadval va rasmlardan ham foydalaniladi. Jumladan, qo'lingizdagi darslik sahifalarida ham turli rasm va jadvallar mavjud. Gazeta, jurnal yoki kitob sahifalarida bunday holni ko'p uchratgansiz. Rasm joylashtirish imkoniyati Matn mazmunini boyitish maqsadida hujjatga rasmlar yoki fotosuratlar joylashtirish mumkin. Buning uchun avval yurgich rasm joylashtirilishi kerak bo'lgan joyga o'rnatiladi, so'ng Joylashtirish (Вставка) tasmasining Illustratsiyalar (Иллюстрации) guruhiga murojaat qilinadi. Kolleksiyadagi suratni hujjatga joylashtirish Kolleksiyadagi suratlarni hujjatga joylashtirish uchun Illustratsiyalar (Ил- люстрации) guruhidagi Surat (Картинка) tugmasi tanlangach oynaning o'ng qismida surat va eskizlarni tanlash uchun vazifalar sohasi ochiladi. Odatda, vazifalar sohasining Obyektlarni qidirish (Искать объекты) tanlov may-donchasida Barcha multimedia fayllari (Все файлы мультимедиа) aks etib, dastur tomonidan joylashtirilishi ko'zda tutilgan illustratsiyalar va fotosuratlar tanlangan bo'ladi: Vazifalar sohasidagi Boshlash (Начать) tugmasi tanlanganda kolleksiyadan tanlangan turlarga mos barcha suratlar eskizlar ko'rinishida aks etadi. Surat joylashtirish uchun eskizlarni varaqlab, sichqoncha yordamida keraklisi tanlanishi kifoya: MS Word kolleksiyasidagi suratlar mavzular bo'yicha guruhlarga bog'langan bo'lib, bu bog'lanishni sichqoncha ko'rsatkichi eskizga yo'naltirilganda aks etgan izohdan (yuqoridagi rasmda mavzu: дома, здания, озера, реки) ko'rish mumkin. Bu kabi guruhlash biror mavzu bo'yicha rasmlarni izlash imkoniyatini beradi. Quyidagi rasm tanlov maydonchasiga kasb (профессия) mavzusi kiritilishi asosidagi izlash natijasini aks ettirgan (Искать: профессия): Hujjatga rasmni fayldan joylashtirish Hujjatga xotiradagi (kompyuter asosiy xotirasidagi yoki tashqi xotiralardagi) rasmli fayllar va fotosuratlar joylashtirish uchun Illustratsiyalar (Иллюстрации) guruhining Rasm (Рисунок) tugmasi tanlanadi. Ochilgan Rasm joylashtirish (Вставка рисунок) muloqot oynasi yordamida kerakli fayl belgilanadi (Paint dasturida rasmni ochish imkoniyatlarini eslang). Kerakli rasm fayli tanlangach, uni joylashtirish uchun muloqot oynasidan Joylashtirilsin (Вставить) tugmasini tanlash yetarli. Hujjatdagi rasm formatini o'zgartirish Hujjatda rasm matn bilan uyg'un joylashishi uchun ko'p hollarda rasmning o'lchamlari va joylashish holatini, ya'ni formatini o'zgartirish lozim bo'ladi. Hujjatga joylashtirilgan rasm formatini o'zgartirish uchun avval tegishli rasm sichqoncha yordamida tanlanadi. Hujjatga joylashtirilgan rasm formatini o'zgartirish uchun avval tegishli rasm sichqoncha yordamida tanlanadi. Natijada belgilangan rasm atrofi (chegarasi) chiziq bilan o'raladi. Wordda rasm chizilganda yoki belgilanganda dasturning Rasm bilan ishlash (Работа с рисунками) kontekst-menyusi faollashadi Savol va topshiriqlar 1. Matnli hujjatlarga nima uchun rasm joylashtiriladi? 2. Hujjatlarga rasmlar qanday manbalardan joylashtiriladi? 3. Hujjatlarda rasm joylashtirish kerak bo'lgan joy qanday ko'rsatiladi? 4. Word matn protsessorida hujjatga rasm joylashtirish uchun qanday amallar bajariladi? 5. Word kolleksiyasidan rasmni «Архитектура» mavzusi bo'yicha izlashni amalda ko'rsating. 6. Hujjatdagi rasm qanday belgilanadi? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.75 MB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.75 MB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga