Hujjatlarni nusxalash vositalari Reja: 1. Tezkor matbaa vositalari 2. Elektron hujjatlarni boshqarish tizimlari 3. Axborotni uzatish tizimlari 4. Aloqa kanallari Xujjatlarni nusxalash vositalari turli-tumandir, ular nusxa olinayotgan xujjatlarni tashuvchilar (oddiy noshaffof kog'oz, kalka, shaffof plyonka) va xujjatlarni ko'chiriladigan tashuvchilar turi bo'yicha farklanadi. Turli xil nusxa oluvchi texnika vositalari uchun xar xil qog'oz turlari ishlatiladi: - yorug'lik nuri ta'sirida qorayuvchi fotoqog'oz; - diazoqog'oz, yorug'likni sezuvchi kogoz (bu kogoz kuchli yorug'lik ta'sirida kelgusida kayta bo'yoqlar hosil kilish qobiliyatini yo'kotadi); - termoqog'oz, issiqlik nurlari ta'sirida korayadi; - oddiy kog'oz; - elektrofotokalka yoki plyonka, ularga elektr uchkunli razryadlar mikroskopik teshiklarni perforirlayli. Ishlatilayotgan kog'ozlar turiga karab nusxa ko'chirish jarayonlari 5 guruxga bo'linadi: - fotografik nusxa ko'chirish ( fotografiya ); - diazografik nusxa ko'chirish ( diazografiya ); - termografik nusxa ko'chirish ( termografiya ); - elektrografik nusxa ko'chirish ( elektrografiya ); - elektr uchkunli nusxa ko'chirish ( elektronografiya ). Elektrografik nusxa ko'chirish (kserografiya) Elektrografik nusxa ko'chirish ( elektrofotografik, kserografik) xozirgi vaqtda keng tarkalgandir. Jahon nusxa ko'chirish mashinalarining 70 % dan ortig'ini elektrografik nusxa ko'chirish apparatlari (EGNKA) tashkil etadi, ular bilan jahonda ko'chirilayotgan nusxalarning 50% dan ko'prog'i tayyorlanmokda, EGNKA ni ko'pincha kserokslar deb atashadi, bu nom ushbu turdagi nusxa ko'chirishning asoschisi Angliyaning Rank Xerox firmasiga xurmat tarikasida berilgan. Elektrografik nusxa ko'chirishning asosiy afzalliklari: - yukori tezkorlik, samaradorlik va nusxa ko'chirishning yuqori sifati; - nusxa ko'chirishda xujjat xajmini o'zgartirish va taxrirlash imkoniyati borligi; - varaqli va risolali xujjatlardan nusxa olish imkoniyati borligi; - turli xil ingichka chizikli, yarim rangli, bir va ko'p rangli xujjatlardan nusxalar olish imkoni borligi; - nusxalarni oddiy qog'oz, kalka, plastik plyonka, alyuminiy folgaga va boshkalarga olish; - apparatlar va ish materiallarining nisbatan arzonligi va xizmat ko'rsatishning engilligi. Elektrografik nusxa ko'chirish kuyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi: - svetoekspoziсiya: xujjat oldindan fotoyarimo'tkazgichli qoplama bilan zaryadlangan baraban yoki plastina sirtiga proekсiyalanadi, bu jarayonda yarim o'tkazgichli qoplama xujjatning yoritilgan uchastkalaridan zaryadlarning oqib tushishidan uning ko'rinmas elsktrostatik tasviri shakllanti riladi; - tasvirning tushishi: bo'yaydigan kukun (toner) zaryadlangan uchastkalarga yopishib qolishi oqibatila ko'rinmas elektrostatik tasvir ko'rinadigan tasvirga aylanadi; - bosish: bo'yaydigan kukunni barabandan yoki plastinadan qog'ozga yoki boshka asosga ko'chirish bilan amalga oshadi; - qotirish: bo'yaydigan kukun aсeton bug'larida nusxaga qotiriladi. Rossiyada ishlab chikarilgan EGNKA namunalari ERA, REM, EFKA, ER. CHet elning eng yaxshi namunalari: Xergox 5380, Xerox 5520, Ricon FT-4220, Mita DC 1755, konica-112, Sharp SF-7800, Sanon NP-6020 va boshkalar. Rossiyada ishlab chikzrilgan EGNKA nusxa ko'chirish sifati bo'yicha chet elnikidan pastdir. Ular uchun asosan nusxadagi matnni tushunish muhim bo'lsa, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
145.26 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
145.26 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: doc