Hujjatni formatlash

Hujjatni formatlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Hujjatni formatlash - rasmi

Material tavsifi

Hujjatni formatlash 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 7-mavzu Avval aytilganidek, matn protsessorlarida hujjatning tashqi ko'rinishi go'zal bo'lishi uchun shrift turi, o'lchami, rangi va abzas tekislanishi, chegara chizish kabi bezaklar bilan boyitilishi mumkin. Bu kabi amallarni bajarish hujjatni formatlash deyiladi. Company Logo Matnni formatlash Company Logo Matndagi shriftning rangi, chizma ko'rinishi, o'lchami, yozuv shakli va boshqa formatlari quyidagicha tanlanadi: 1) formatlanishi kerak bo'lgan qism belgilanadi, ya'ni blokka olinadi; 2) quyidagi A yoki B bo'limlarning biri qo'llanadi: B) Shrift parametrlari muloqot oynasi imkoniyatlaridan foydalaniladi. A) avval ko'rilgan Bosh menyuning Shrift mantiqiy guruhidan kerakli xususiyatlar tanlanadi; Bu muloqot oynasi Shrift mantiqiy guruhidagi belgisi yordamida ochiladi. Shrift muloqot oynasi Shrift (Шрифт) va Qo'shimcha (Дополнительно) qatlamlaridan iborat. Company Logo Shrift parametrlari muloqot oynasining Qo'shimcha (Дополнительно) qatlamida Belgilararo oraliq (Межзнаковый интервал) bo'limi Masshtab (Масштаб), Oraliq (Интервал), Siljish (Смещение) kabi tanlov maydonchalaridan iborat. Company Logo Masshtab foizi belgining (shrift o'lchamini emas) sahifada aks etadigan ko'lamini oshiradi yoki kamaytiradi. Oraliq punkti belgilar orasidagi bo'shliqni oshiradi yoki kamaytiradi. Siljish punkti belgilarni satrga nisbatan yuqoriga yoki quyiga siljitadi. Company Logo Abzasni formatlash Company Logo Abzasni formatlash uchun: 1) yurgich shu abzasga joylashtiriladi; 2) quyidagi A yoki B, yoki C bo'limlarning biri qo'llanadi: A) avval ko'rilgan Bosh menyuning Abzas mantiqiy guruhidan kerakli xususiyatlar tanlanadi; B) Sahifani belgilash (Разметка страницы) menyusining Abzas yoki Bosh menyuning Uslublar (Стили) mantiqiy guruhidan kerakli xususiyatlar tanlanadi: C) Abzas parametrlari muloqot oynasi imkoniyatlaridan foydalaniladi. Bu muloqot oynasi Abzas mantiqiy guruhidagi belgisi yordamida ochiladi. Company Logo Muloqot oynasi abzasning to'liq parametrlarini Abzas muloqot oynasining 2 ta Chekinishlar va oraliqlar (Отступы и интервалы) va Sahifadagi holati (Положение на странице) qatlamlarida aks ettirgan. Company Logo Sahifa tartib raqami Company Logo Sahifaning asosiy xususiyatlari avval ko'rilgan edi. Sahifa xususiyatlaridan yana biri sahifa tartib raqamidir. Sahifalarga tartib raqami berish uchun Joylashtirish (Вставка) tasmasi Kolontitullar (Колонтитулы) guruhining Sahifa tartib raqami (Номер страницы) tugmasi tanlanadi. Company Logo Natijada tartib raqami joyi va formatini aniqlashga oid quyidagi takliflar aks etadi: Company Logo Bu takliflardan biri qabul qilinsa, turli formatdagi imkoniyatlar ochiladi. Odatda, sahifa tartib raqami sahifa quyisiga joylashtiriladi. Company Logo Savol va topshiriqlar 1. Hujjatni formatlash deganda nima tushuniladi? 2. Matnning belgilangan qismidagi yozuv ko'rinishini o'zgartirishni amalda ko'rsating. 3. Matnning belgilangan qismi shrift o'lchami va rangini o'zgartirishni amalda ko'rsating. 4. Matnni formatlash deganda nima tushuniladi? 5. Matnni formatlash imkoniyatlarini amalda ko'rsatib bering. 6. Abzas formatlanganda qanday xususiyatlari o'zgaradi? Company Logo ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.65 MB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.65 MB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga