Informatika - informasiya (xabar, axborot, ma'lumotlar)ni jamlash va qayta ishlashning usullarini o'rganadi. Informatika fan sifatida axborotlash jarayonlari qonuniyatlarini o'rganadi. Informasion jarayon keng tushuncha bo'lib, ma'lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to'plash, qidirish va iste'molchiga berishgacha bo'lgan jarayonlarni o'zida jamlaydi. Informatika atamasi XX asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan bo'lsa-da, uning alohida fan sifatida ajratilishi 40 - 50 -yillarga to'g'ri keladi. Bu davrda ko'pchilik tadqiqotlar axborot qidirish muammolari bilan uzviy bog'liq edi. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. Informatikaning yuzaga kelish va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning o'rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi ko'magida qayta ishlanadi va bu fan o'zining xususiy, yangi, nostandart uslub va usullariga egadir. Informasiya xabar ko'rinishida bo'ladi. Xabar - bu informasiyaning so'zlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma'lumotlar va h.k. ko'rinidagi turdir. Xabarlar mazmuni bilan quiziquvchilar ma'lumotni istemol qiluvchilar deb yuritiladi. Ma'lumot turlari biologic, social va elementlar bo'lishi mumkin. Kishilik jamiyatidagi axborotlar - sotsial, o'zimliklar va hayvonot dunyosidagi axborotlar - biologic, tabiatdagi boshqa axborotlar - element ma'lumotlar deyiladi. ma'lumotning uchta asosiy xossasi mavjud: atributiv, programatik va dinamik. Ma'lumotning atributiv xossasi shundaki, uningsiz inforamtsita mavjud emas, progmatik xossasi - ma'lumotni amaliyot uchun qo'llanish darajasini belgilaydi, dinamik xossasi - uni vaqt bo'yicha o'zgarish jarayonini belgilaydi. Informatika fanining rivojlanishi ma'lumotlarni jamlab, qaytda ishlash imkoniyatiga emkoniyatiga ega bo'lgan kompyuterlarning dunyoga kelishi bilan bevosita bog'liq. Chunki ma'lumotlarni qayta ishlashning ahamyatga molik qismi shunday avtomatik qurilmalarga yuklanyaptiki, ular inson ishtirokisiz uzoq muddat davomida ma'lumotlarni bir necha marta tezroq qayta ishlash imkoniyatiga egadir. Kompyuter (inglizcha kompyuter - hisoblovchi ma'nosini bildiradi)ning yaratilishi, xalq xo'jaligining turli sohalarida ishlab chiqarish texnologiyalarini tubdan o'zgartirish imkoniyatini beradi. Bu esa o'z navbatida zamonaviy hisoblash texnikasidan unumli foydalanishga va informatika fanini mukammal o'rganishga chorlaydi. IBM PC kompyuterning asosiy qurilmalari Dastlabki EHM larning yratilishi davrida, mashxur matematik Jon fon Neyman 1945 yildayoq kompyuter qurilmalari ma'lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda unversial va maqbul bo'lishi kerakligi aytib o'tgan edi. Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari fon Neyman prinsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar mazkur prinsp asosida ishlaydi. Fon Neyman prinsipiga ko'ra kompyuter quyidagi qurillmalardan tashkil topgan bo'lishi lozim(1-rasm): Arifmetik-mantiqiy qurilma - arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. 1-rasm Boshqarish qurilmasi - dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi. Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira - ma'lumot yoki dasturlarni o'zida saqlaydi. Tashqi qurilmalar - ma'lumotlarni kiritish va chiqarishni ta'minlaydi. IBM PC kompyuteri quyidagi uchta asosiy qismidan: Monitor (displey) - matnli yoki grafik ko'rinishidagi ma'lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi; Klaviatura - belgilarni kompyuterga kiritishda ishlatiladi; Tizimli qism-kompyuterishini ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
840.06 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
840.06 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: docx