IBM PC Kompyuterlari haqida umumiy ma'lumotlar

IBM PC Kompyuterlari haqida umumiy ma'lumotlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
IBM PC Kompyuterlari haqida umumiy ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

IBM PC Kompyuterlari haqida umumiy ma'lumotlar Reja: ShEXM qurilmalari. Sistema bloki. Egiluvchan magnit disklar. Qattiq magnit disklar. Manitorlar. Klaviatura. Printerlar. Yordamchi qurilmalar. ShEXM qurilmalari. Shaxsiy kompyuterning umumiy ko'rinishi 1-rasmda ko'rsatilgan. Ammo mazkur rasmda kompyuterning imkoniyatlarini yanada oshiruvchi bir necha qo'shimcha qurilmalar ko'rsatilgan emas. ShK ning asosiy tashkil etuvchilari quyidagi qurilmalardir: Sistemalar bloki-mazkur blok tezkor xotira, riyoziy va mantiqiy amallarni bajaruvchi elektron sxemalardan iborat. Magnit disklari bilan ishlovchi blok (disk yurituvchi) - odatda bu blok sestema blokiga o'rnatilgan bo'lib, egiluvchan magnitli disklardagi axborotni ukib va axborotni saqlash ishlarini bajaradi. Qattiq disklar bilan ishlovchi blok-vinchester deb ham nomlanuvchi bu blok sistema blokiga o'rnatilgan bo'lib, qattiq magnitli disklardagi axborotni o'qish va axborotni yozish ishlarini bajaradi. Displey-matn va tasvir ko'rinishdagi axborotlarni ekranga chiqarish qurilmasi. Klaviatura-kompyuterga buyruq va axborotni kiritish qurilmasi. Printer-matn va tasvir ko'rinishidagi axborotlarni bosmaga chiqarish qurilmasi. Sistema bloki. IBM PC kompyuteri sistema bloki quyidagilardan iborat: Asosiy mikroprotsessor-kompyuter ishini boshqaradi va barcha xsoblashlarni bajaradi. Tezkor xotira-kompyuter tomonidan bajariladigan dasturlar va ana shu dasturlar uchun zarur bo'lgan axborotlar tezkor xotiraga yuklanadi. Tezkor xotira xajmi odatda 640 Kbiytga teng, ammo uning xajmini oshirish imkoniyatlari ham mavjud. Elektron sxemalar (kontrollerlar) - kompyuterning turli qurilmalari ishini boshqarib turadi. (monitor, disk yurituvchi va x.k.) Kiritish-chiqarish portlari-bu portlar yordamida protsessor tashqi qurilmalar bilan axborot almashadi. Maxsus portlar ichki qurilmalargagina xizmat qiladi. Umumiy portlarga esa sichqoncha, printer, tarmoq adapteri va turli boshqa qo'shimcha qurilmalarni ulash mumkin. Umumiy portlar ikki turga ega: parallel (LPT1 - LPT2 kabi belgilanadi) va asinxron ketma-ket (COM1 - COM2 kabi belgilanadi). Egiluvchan magnitli disklar. Egiluvchan magnitli disklar yoki disketlar (EMD) dastur, hujjat, matn kabi axborotlarni bir kompyuterdan boshqasiga o'tkazish, saqlab qo'yish uchun xizmat qiladi. Turli kattalikdagi EMDlar mavjud bo'lib, asosan kattaligi 5,25 dyuym va kattaligi 3,5 dyuymga teng disketlardan ko'proq foydalaniladi. Bundan tashqari, turli EMDlarga axborotni turli zichliklarda yozish mumkin. Masalan, 5,25 dyuymli disklardan ikkilik zichlikdagisiga (Double SideDouble Density, DSDD kabi belgilanadi) 360 Kbayt axborot yozish mumkin bo'lsa,yuqori zichlikdagi (Double SideHigh Dtnsity, DSHD kabi belgilanadi) ana shu kattalikdagi diskga 1,2 Mbayt axborot yozish mumkin. Kattaligi 3,5 dyuymli disklar uchun quyidagi jadvalni ilova qilish mumkin: 5, 25 dyuymli EMDlardan foydalanishda foydalanuvchidan extiyotkorlik talab qilinadi: bunday disklarni egish yoki ochiq magnit qatlamli joylariga kul tekkazish mutlako mumkin emas: disk yurituvchiga disk oxista qo'yilishi shart: disklar qog'oz giloflarda saqlanmogi kerak. Foydalanishdan avval yangi disk turiga ko'ra MS DOSning format tashqi buyrugi bilan formatlanadi, ya'ni axborotlarni tartibli yozish holatiga keltiriladi. EMDlarda axborotni tasdifan uchirilishdan saqlash uchun maxsus teshik yoki kirkimlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.35 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.35 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga