Ierarxik MBBT muhitida ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish

Ierarxik MBBT muhitida ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ierarxik MBBT muhitida ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish - rasmi

Material tavsifi

Ierarxik MBBT muhitida ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish Reja: ma'lumotlarning tarmoqli va ierarxik modeli. Modellarda ma'lumotlar strukturasi. obyektlarning modellardagi aloqasi. Modellarning xususiyatlari. Modellarni taqqoslash. ma'lumotlarning tarmoqli va ierarxik modeli ma'lumotlar modeli har qanday ma'lumotlar bazalarining yadrosi bo'lib hisoblanadi. ma'lumotlar modeli - ma'lumotlar strukturalari majmui va ular ustida olib boriladigan amallardir. Bog'lanishlarning o'rnatilish usuliga ko'ra ma'lumotlar o'rtasida ierarxik, tarmoqli va relyatsion modellar mavjud. Ierarxik modellar daraxtsimon strukturali ma'lumotlar bazalarini qurish imkoniyatini beradi. Ularning har bir bo'g'imi o'zining ma'lumotlari turiga (mohiyatiga) ega. Model daraxtining yuqori bosqichida bo'g'im - ―ildiz‖ mavjud bo'lib, keyingi bosqichlarida ushbu ildiz bilan bog'langan bo'g'imlar joylashadi, so'ngra avvalgi bo'g'imlar bilan bog'langan bo'g'imlar joylashadi va h.k. Bunda har bir bo'g'im faqat bir avlod bo'g'iniga egadir (rasm 8.1.). Ierarxik tizimda ma'lumotlar qidiruvi ildizdan boshlanadi. So'ngra bir bosqichdan keyingi bosqichga kerakli bosqich topilguncha tushib boriladi. Tizimda bir yozuvdan ikkinchi yozuvga siljish murojaatlar orqali amalga oshiriladi. Ierarxik modellarning asosiy yutug'i - real olamni oddiy tasvirlash va ma'lumotlar strukturasiga mos keluvchi so'rovlarning tezda bajarilishidir. Odatda ierarxik modellar ortiqcha ma'lumotlarga ega bo'ladi. Ildizdan kerakli ma'lumotlarga etib borish noqulaylik tug'diradi. Tarmoq modellarida ushbu kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lib, nazariy jihatdan ―barcha axborot obyektlarining hammasi bilan‖ bog'lanishlar o'rnatilishi mumkin. O'quv muassasi misolida (rasm 8.2.) har bir o'qituvchi ko'p talabalarni o'qitishi va har bir talaba ko'p o'qituvchilardan ta'lim olishi mumkin. Amalda, tabiiyki bu narsa mumkin bo'lmaganidan bir qancha cheklanishlarga murojaat etishga to'g'ri keladi. Ierarxik va tarmoq modellarining qo'llanilishi ma'lumotlar bazalaridagi axborotga kirib borishni tezlashtiradi. ma'lumotlar elementining har biri boshqa elementlari murojatlariga ega bo'lganidek, diskli va EHM asosiy xotirasi kabi katta resurslarni talab qiladi. Asosiy xotiraning yetishmasligi ma'lumotlarga ishlov berish tezligini kamaytiradi. Ushbu turdagi modellar uchun ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimining (MBBT) ishlatilishida murakkabliklar paydo bo'ladi rasm. MB modelining ierarxik daraxtsimon strukturasi rasm. MB modelining tarmoq strukturasi Mashina muhitidagi ma'lumotlarning murakkabroq modeli (fayliga nisbatan) tarmoqli va ierarxik modellar bo'lib, ular tegishli turdagi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida ta'minlanadi. ma'lumotlarning tarmoqli yoki ierarxik modeli MBBT da ma'lumotlarni mantiqiy tashkil etishning tegishli usulini aks ettiradi. Bunday model o'zaro bog'liq obyektlarning majmuidir. Ikki obyektning aloqasi ularning bir-biriga bo'ysinishini aks ettiradi. Tarmoqli yoki ierarxik modelnining obyekti MBBTda ta'minlanadigan ma'lumotlar tizimining asosiy turidir. Turli MBBTlarda tuzilishning bu turi turlicha belgilanishi va nomlanishi mumkin(yozuv turi, fayl, segment). Modellarda ma'lumotlar strukturasi ma'lumotlarning namunaviy tuzilmalariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlarning tarkibiy qismi, ma'lumotlarning agregatlari, yozuv, ma'lumotlar bazasi va h.k. ma'lumotlarning tarkibiy qismi - ma'lumotlar tuzilmasining nomlangan minimal birligi (faylli tizimlardagi maydonning o'xshashi). ma'lumotlar agregati -yozuv ichidagi ma'lumotlar tarkibiy qismi yoki boshqa agregatlarning nomlangan ko'plab ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 233.3 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 233.3 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga