Ifodaning tarkibiy qismlari va ular ustida amallar Reja Ro'yxat, to'plam va ko'phadlar ustida amallar Ifodaning ichki tuzilishi Ifodalarda almashtirish bajarish va turlarning o'zgartirish komandalari Ifodani hhisoblash komandalari Ma'lumot elementi, ketma-ketlik, add, mul, select, remove, zip, sort, rhs, lhs, numer, denom, nops, op, selectremove, has, subs, convert, eval, evalm, evalf Ba'zan amallarni murakkab turdagi ma'lumotlarning har bir elementi uchun alohida-alohida bajarish kerak bo'ladi. map() komandasi ana shunday amallardan biridir. Uning ikki xil ko'rinishi mavjud: a) map(, [, par2, par3,, parN]); b) map(, , [, par3,, parN]); Komandaning a) ko'rinishi birinchi parametri sifatida ko'rsatilgan funksiya yoki to'plamning barcha elementlari uchun qo'llaydi. Bajariladigan funksiya yoki komanda uchun qo'shimcha parametrlar ko'rsatish ro'yxati [, par2, ] da ko'rsatiladi. map2 komandasida ro'yxat va to'plam, birinchi parametr ko'rinishida berilgan funksiyaning ikkinchi parametri sifatida ko'rsatiladi. Misol: map(int,[x,x^2,x^3],x); map2(diff,x^yln(z),[x,y,z]); map va map2 komandalarini massiv yoki jadval elementlari uchun ham qo'llasa bo'ladi. Agar ro'yxat yoki to'plam o'rnida algebraik ifoda kelsa, u holda map va map2 larda ko'rsatilgan funksiya yoki komanda algebraik ifodaning barcha hadlari uchun qo'llaniladi. add va mul komandalari mos ravishda ketma-ketlik elementlarining yig'indisi yoki ko'paytmasini hosil qilib beradi. Misol: add(sin(i),iq[x,y,z]); mul(sin(i),iq[x,y,z]); select komandasi ro'yxat yoki to'plam elementlaridan ma'lum talabga javob beradiganlarini tanlab beradi. Misol: sq:=x-is(x^21); Bu yerda sq-«agar x^21 bo'lsa» mantiqiy ifodaning qiymatini aniqlovchi funksiya. l:=[1,Pi,exp(1),0]; select(sq,l); Misoldagi, select komandasi l ro'yxatning 1 dan katta elementlarini ajratib beradi. remove komandasi select komandasiga teskari vazifani bajaradi. Misol: remove(sq,l); Ro'yxat yoki to'plam elementlari ustida select va remove komandalarini birgalikda qo'llash mumkin, natijada 2 ta qismiy ro'yxat yoki to'plam hosil bo'ladi. Misol: selectremove(sq,l); select, remove va selectremove komandalari uchun mantiqiy funksiyani alohida tuzib olmasdan, is funksiyasini qo'llab, mantiqiy shartni komandalarning uchinchi parametrlari sifatida berish mumkin. Misol: select(is,l,RealRange(Open(1),infinity)); bu yerda is «tegishli bo'lsa» funksiyasi sifatida qo'llanilgan, RealRange(Open(1), infini-ty) esa (0;() oraliqni ifodalaydi. select(type,l,numeric); bu yerda, type funksiyasi(komandasi) l ro'yxatning butun elementlarini ajratib beradi, or komandasi esa ikkita ro'yxat elementlarini birlashtirib, yangi ro'yxat tuzib beradi. Misol: s1:=[Pi,1]; s2:=[exp(1),0]; s:=[op(s1),op(s2)]; zip komandasi ikkita ro'yxat elementlari ustida biror binar amalini qo'llab, yangi ro'yxat hosil qilib beradi. Komandaning umumiy ko'rinishi quyidagicha: zip(, , [, qiymat]); Komandaning uchinchi parametri larning elementlar soni har xil bo'lganda qo'llanilib, [, qiymat] elementlar kam bo'lgan ro'yxat uchun qo'shimcha element sifatida beriladi. Misol: zip((x,y)-x+y,[1,2,3],[4,5,6]); zip((x,y)-x+y,[1,2,3],[4,5],0); zip komandasini bir xil o'lchamli matrisa va vektorlar uchun ham qo'llasa bo'ladi. sort komandasi ro'yxat va ko'phad ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:25:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.54 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:25 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.54 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: doc