Ijtimoiy hodisa va jarayonlarni modellashtirish

Ijtimoiy hodisa va jarayonlarni modellashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ijtimoiy hodisa va jarayonlarni modellashtirish - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy hodisa va jarayonlarni modellashtirish Reja: Model va modellashtirish tushunchasi Kompyuterli model Tarixiy jarayonlarni modellashtirish tajribasi Model, Matematik model, Grafik model, Fizik model, Kompyuterli model, Modellashtirish Model va modellashtirish. Keng ma'noda model deganda real obyektlarning ixtiyoriy tasviri yoki ifodasi tushuniladi.obyektlar bir-bridan murakkablik darajasi bilan farq qilgani kabi, ularning modellari ham u yoki bu murakkablik darajasiga ega bo'ladi.Bundan tashqari ular ifodalanish xarakteri bo'yicha ham bir-biridan farqlanadi:og'zaki tasvir, grafik tasvir, matematik formula va tenglamalar, fizik obyektlar(real obyektlarning kichiklashtirilgan yoki soddalashtirilgan analoglari).Modellar statik(o'zgarmas tizimni aks ettiruvchi) yoki dinamik(tizim faoliyatini ma'lum vaqt oralig'ida kuzatish imkoniyati bo'lgan) bo'lishi mumkin. Model inson bilish jarayonidagi muhim qurol hisoblanib, obyektning tarkibiy qismlarini va ular orasidagi bog'lanishni ko'rsatib beradi.Bunda muhim jihatlarga e'tibor qaratilib, ikkinchi darajalilar inkor etiladi.Bu bilan model tasvirdan farq qiladi. Masalan, stol modeli gorizontal sirtning yerdan maxsus elementlar (oyoqlar) yordamida ko'tarilib turishi faktini aks ettiradi.Bu stolning qanday rangda ekanligi yoki qirilgan-qirilmaganligi ahamiyatga ega emas. O't o'chirish mashinasi modeli uchun esa qizil rang muhim xususiyat hisoblanadi, chunki u mashinaning maxsus vazifasi haqida ma'lumot beradi. Tizim modeli yaratilish jarayoni modellashtirish deb ataladi.Modelni qurish prinsiplari asosida modellash turlari aniqlanadi.Bunga og'zaki yoki kontseptual, matematik, grafik va fizik modellashtirish turlari kiradi. Oxirgi yillarda hisoblash texnikasining rivojlanishi natijasida kompyuterli modellashtirish vujudga keldi.Uning mohiyati real tizim elementlariga EHM xotirasidagi o'zgaruvchi va berilganlarning mos qo'yilishi, ular orasidagi bog'lanishlar esa kompyuter dasturi ko'rinishida modellashtirilishidan iborat bo'ladi. Bunday dasturlar tizim yoki uning biror qismini kompyuter ekranida ifodalash, tizim faoliyatining sonly xarakteristikalarini olish uchun xizmat qilishi mumkin. Kompyuterli modellashtirish og'zaki, grafik va matematik usullarda ifodalash qiyin bo'lgan murakkab tizinlarni o'rganishda, hodisalarning turli variantlari ehtimoli bo'lgan davomli jarayonlarni o'rganishda ko'proq foydalaniladi. Tarixiy jarayonlar ham aynan ana shu kategoriyaga tegishli bo'lib, ularga og'zaki modellash uslubi mos kelmaydi. Ko'p hollarda matematik modellashtirish uslubi effektiv bo'lib, qaralayotgan obyekt faoliyati formula va tenglamalar sistemasi vositasida ifodalanadi.Shu zaylda ehtimollar nazariyasining matematik asosi bir holatdan boshqasiga tasodidiy o'zgaruvchi tizimlarni tasvirlashga imkon beradi. Ammo matematik modellashtirish ko'p sonli bir xidagi yoki bir-biriga o'xshash elemenlar mavjud bo'lgandagina effekt beradi. Ko'p sonly turli tipdagi obyektlarni tasvirlovchi matematik modellar juda murakkablashib, katta xajmdagi hisob-kitoblarni talab etadi.Kompyuter dasturlari og'zaki, grafik va matematik modellash usullarini birlashtirish imkoniyini beradi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari natijalarni sonli, grafik va dinamik (animatsion) ko'rinishlarda ifodalash imkoniyatlariga ega. Tarixiy jarayonlarni modellashtirish tajribasi. Tarixiy tadqiqotlarda jarayonlarni modellashtirish usulidan foydalanish masalasi bahsli mavzu hisoblanib, tarixchilarning asosiy qismi o'tmish bilan bog'liq faktlarni aniqlash va o'rganishni asosiy maqsad qilib qo'yadilar. Tarixiy manbalar spetsifikasi inson faoliyatining alohida tomonlari bilan bog'liq faktlarni aniqlashga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.11 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.11 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga